Sayt test holatida ishlamoqda!
11 Dekabr, 2025   |    ,

Toshkent shahri
Tong
06:13
Quyosh
07:39
Peshin
12:21
Asr
15:13
Shom
16:58
Xufton
18:17
Bismillah
11 Dekabr, 2025, ,

Alloh yaxshi ko'rgan bandalarning alomatlari

12.01.2022   2528   4 min.
Alloh yaxshi ko'rgan bandalarning alomatlari

Har bir musulmon kishi Alloh taolo yaxshi ko'rgan banda bo'lishni istaydi. Orzu qiladi va bu yo'lda qo'lidan kelgan barcha imkoniyatlarni ishga solib harakat qiladi. Chunki Alloh taolo qaysi bir bandani yaxshi ko'rsa, uni hargiz o'z holiga tashlab qo'ymaydi. Oxiratdagi maqomi baland bo'lishiga sabab bo'ladigan xayrli amallarga tavfiq beradi, jannatga olib boradigan amallarni oson va engil qilib qo'yadi.

Alloh taolo yaxshi ko'rgan bandasi bo'lish uchun qanday sifatlar bilan ziynatlanishimiz lozim. Bu sifatlar haqida Alloh taolo bunday marhamat qiladi: «Rahmonning (suyukli) bandalari erda tavoze bilan yuradigan, johil kimsalar (bema'ni) so'z qotganda «Salomatlik bo'lsin», deb javob qiladigan kishilardir. Ular kechalarni Parvardigorga sajda qilgan va tik turgan (bedor) holda o'tkazadigan kishilardir. Ular: "Parvardigoro, O'zing bizlardan jahannam azobini daf etgin. Darhaqiqat, uning azobi halokatlidir. Darhaqiqat, u eng yomon qarorgoh va eng yomon maqomdir", deydigan kishilardir. Ular ehson qilganlarida isrof ham, xasislik ham qilmaslar, (tutgan yo'llari) buning o'rtasida - mo''tadildir. Ular Alloh bilan birga boshqa "iloh"ga iltijo qilmaslar va Alloh o'ldirishni man etgan jonni nohaq o'ldirmaslar hamda zino qilmaslar. Kim mana shu (gunohlar)ni qilsa, gunoh (uqubat)ga uchrar. Qiyomat kunida unga azob bir necha barobar ziyoda qilinur va u joyda xorlangan holida mangu qolur. Illo, kimki tavba qilsa va imon keltirib, yaxshi amal qilsa, bas, Alloh ana o'shalarning yomonlik (gunoh)larini yaxshilik (savob)larga aylantirib qo'yur. Alloh mag'firatli va rahmli zotdir. Kimki tavba qilib ezgu (ishlarni) qilsa, bas, albatta, u Alloh (rizosi va mag'firati)ga qaytgan bo'lur. Ular (Rahmonning suyukli bandalari) yolg'on guvohlik bermaslar va behuda (so'z yo ish) oldidan o'tgan vaqtlarida olijanoblik bilan (undan yuz o'girgan hollarida) o'tarlar. Ularga Parvardigorlarining oyatlari eslatilgan vaqtida u (oyatlar)ga kar va ko'r hollarida yiqilmaydilar (balki ularni anglab-bilib amal qilurlar). Ular: "Parvardigoro, xotinlarimizdan va zurriyotlarimizdan bizlarga ko'z quvonchini baxsh et va bizlarni taqvodorlarga peshvo qilgin", deydigan kishilardir. Aynan o'shalar sabr qilganlari sababli (jannatdagi) yuksak darajalar bilan mukofotlanurlar va u joyda (farishtalar tomonidan) salom va omonlik bilan qarshi olinurlar. Ular o'sha joyda mangu qolurlar. U eng go'zal qarorgoh va eng go'zal dargohdir" (Furqon surasi 63-76-oyatlar).

Demak, Alloh yaxshi ko'radigan bandalar:

  1. Ta'vozeli ya'ni, kamtar bo'ladi, mutakabbir bo'lmaydi.
  2. Odamlar bilan tortishmaydi.
  3. Tungi tahajjud namozini o'qishni odat qiladi.
  4. Do'zaxdan panoh so'rab duo qiladi.
  5. Isrof qilmaydi.
  6. Hasislik ham qilmaydi.
  7. Zinodan uzoq bo'ladi.
  8. Yolg'on guvohlik bermaydi.
  9. Behuda narsalardan yuz o'giradi.
  10. Qur'oni karim oyatlarini tadabbur qilib, ularga amal qiladi.
  11. Dunyo hayotidagi imtihon va sinovlarda, gunohdan tiyilishda sabrli bo'ladi.

Yuqorida zikr qilingan sifatlarga ega bo'lgan bandalar (jannatdagi) yuksak darajalar bilan mukofotlanurlar va u joyda (farishtalar tomonidan) salom va omonlik bilan qarshi olinurlar. Ular o'sha joyda mangu qolurlar”.

 

Yorbek ISLOM,

Olmazor tumanidagi “Mevazor” jome masjidi imom noibi

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Islom ta’lim muassasasida kitoblar taqdimoti

11.12.2025   1639   1 min.
Islom ta’lim muassasasida kitoblar taqdimoti

Mir Arab o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida ustoz va talabalar ishtirokida ikki yangi asarning taqdimoti o‘tkazildi. Tadbirda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarining «Ey, bandalarim» asari hamda Toshkent islom instituti katta o‘qituvchisi Abdulazim domla Saidahmedovning «Nurul yaqin» asari ikkinchi qismi o‘quvchilarga tanishtirildi.

Tadbirda bilim yurti mudiri Jaloliddin Saburov ushbu kitoblar talabalar ma’naviy kamolotida katta xizmat qiluvchi muhim manbalar ekanini ta’kidladi.

Abdulazim domla ham so‘zga chiqib, «Nurul yaqin» asarining yangi qismidagi asosiy mavzular, uni yozish jarayoni o‘quvchi uchun qanday foydalari borligi haqida so‘zlab berdi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Islom ta’lim muassasasida kitoblar taqdimoti Islom ta’lim muassasasida kitoblar taqdimoti Islom ta’lim muassasasida kitoblar taqdimoti