frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null

800 yillik masjid zilziladan keyin qayta tiklanmoqda

09.11.2021   1790   1 min.
800 yillik masjid zilziladan keyin qayta tiklanmoqda

Turkiyaning Malat'ya shahrida 2020 yilning yanvar' oyida sodir bo'lgan kuchli zilzila oqibatida vayron bo'lgan qadimiy masjid qayta tiklanmoqda. 800 yil oldin qurilgan Battalgazi Buyuk masjidi hozirda tiklanish jarayonida turibdi, masjid qavmiga qayta ochilishi uchun uni mustahkamlash bo'yicha harakatlar olib borilmoqda.

1224 yilda Saljuq hukmdori Olovuddin Qayqubod I davrida qurilgan masjid Anatoliyadagi Buyuk Saljuq masjidi qurilishining me'moriy an'analarining yagona saqlanib qolgan namunasi hisoblanadi.

Islam.ru xabariga ko'ra, masjid ustida ish 2021 yilning 5 martida loyihani tasdiqlashdan so'ng boshlandi. Kelgusi zararlanish va qisman buzilishlarning oldini olish uchun ellik ark mustahkamlandi.

Masjidda yog'och tomni demontaj qilish yakunlandi. Ishlar 2022 yilning may oyida yakunlanishi kerak.

O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Muruvvatli bo‘lish — oliy fazilat va insoniy burchdir

18.09.2026   18619   1 min.
Muruvvatli bo‘lish — oliy fazilat va insoniy burchdir

Bugun, 18 sentyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari Qoraqalpog‘iston Respublikasiga xizmat safari davomida Nukus shahridagi “Imom eshon Muhammad” jome masjidida juma namozini ado etdilar.

Muftiy hazratlari namozdan oldin jamoatga “Muruvvatli bo‘lish — oliy fazilat!” mavzusida manfaatli ma’ruza qilib berdilar.

Ma’ruzada ta’kidlanganidek, muruvvat — mehr-shafqat, saxovat va muhtojlarga yordam berish kabi eng go‘zal insoniy fazilatlardan sanaladi. O‘zini saxovatli deb bilgan inson o‘z manfaatini o‘zgalardan ustun qo‘ymasligi, keksalar holidan xabar olishi, yiqilganni suyash orqali qalban xotirjamlik topadi.

Shuningdek, bugungi tezkor zamonda bir-birimizga bag‘rikeng bo‘lish jamiyatda tinchlik, baraka hamda hamjihatlikni barqaror qilishi, ushbu oliy fazilatni o‘zimizda shakllantirib, farzandlarimizga meros qoldirish har birimizning burchimiz ekanligi alohida uqtirildi.

Fayzli suhbat yakunida yurtimizga tinchlik-omonlik va xonadonlarimizga baraka tilab xayrli duolar qilindi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari