Ikkinchi davr - Nabiy sollallohu alayhis-salom vafotlaridan keyingi Hulafoyi roshidinlar zamonidagi sahobalar davri.
Ular to'rt halifa, ulardan keyin Abdulloh ibn Mas'ud, Abdulloh ibn Umar, Abdulloh ibn Amr ibn al-Os, Abdulloh ibn Abbos, Zayd ibn Sobit roziyallohu anhumlardir.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam zamonlarida ham fatvo so'rab murojaat qilinadigan mashhur kishilar ushbu sahobalar edi.
Mazhablar sahobalar davrida ya'ni Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan keyin paydo bo'ldi. Chunki ayrim sahobalar Abdulloh ibn Abbosga ishonib u kishining fatvolariga suyanar edi. Agar biror ish ularga mavhum bo'lib qolsa u kishining oldilariga borar edi. Boshqalar Zayd ibn Sobitga orqa qilib uning fatvolariga suyanar edi.
Ma'lumki Rasululloh sollallohu alayhi va sallam u kishini maqtaganlar.
Boshqa sahobalar esa o'zlari yashagan vaqtdagi Rasulullohning (to'rt) halifalariga suyanishar edi. Bir kishi kelib ulardan, hukm olishda kimga suyanasiz deb so'rasa; "Mening mazhabim Abdulloh ibn Abbosning mazhabi, qachon menga biror ishda muammo bo'lib qolsa u kishining oldiga boraman", - deb aytar edi. Boshqalari; "Mening mazhabim Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning halifasi Umar ibn Hattobning mazhabi", der edi.
Demak o'sha davrda mazhablar bo'lgan.
Shundan bilamizki, mazhablar to'rt imomlar; imom Abu Hanifa, imom Shofeiy, imom Molik va imom Ahmadlar kelganligi sabab zohir bo'lgan bid'at emas.
Ko'pchilik ehtimol mana shu asrda «mazhablar Payg'ambar alayhis-salom zamonasida bo'lmagani uchun bid'atdir», deb e'tiqod qiladi.
Biz ularga javob berib aytamizki; Nabiy sollallohu alayhi va sallam zamonlarida ijtihod bo'lganmi? ... Yo'q, u vaqtda bo'lmagan, ijtihod u zot alayhis-salomning vafotlaridan keyin paydo bo'lgan.
Shunday ekan uni ham bid'at deyishimiz aqlga to'g'ri keladimi?
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam o'z so'zlarini aytganlarida bizlarga tiniq va musaffo nurni berib ketganlar;
«Agar hukum chiqaruvchi ijtihod qilib muvaffaqiyatga erishsa unga ikki ajr bor, agar xato qilsa unga bir ajr bor».
Ya'ni har qaysi holatda ham unga ajr berilgan.
Demak ijtihod qonunan ruxsat etilgan shar'iy ko'rsatmadir.
Odamlar toifalarga bo'lingan vaqtda ular ichida Qur'on va sunnatdan uning daqiq va nozik usullari bilan hukm chiqarish darajasiga etgan ulamolari bo'ladi hamda (o'rganishdan) man qilgan yashash sharoitlari va ular bilan bunga etishish orasidagi holatlar sababidan o'rganishga tayyor bo'lmagan kishilar bo'ladi.
Shunday ekan diniy mazhablarga bo'linishning yuzaga kelishi aniq. Ular bulardan - bilmaganlar biladigan olimlardan - fatvo so'rab kelishlari aniq narsa. Ulamolar har-hil bo'ladilar. Hamma ham mazhabida o'zini hotirjam qilib uni qoniqtiradigan o'z zamonasidagi fatvo bera oladigan (olim) kishiga murojaat qiladi. Bas shundan mazhablarga bo'linish paydo bo'lgan.
Lekin mazhablar ko'p bo'lgan, keyinchalik ular muhim sabablarga ko'ra eng kam miqdordagi jamoaga birlashganlar. Bu haqida keyinroq batafsil aytib o'tamiz.
Sahobayi kiromlar vaqtida -ya'ni ikkinchi davrda - keyin paydo bo'lganlar kabi nassning so'zma-so'z ma'nosiga to'xtalib oladigan va hukmlar sabablarini tushunishdan fikrlarini qulflab oladigan chegara bilmas «ekstrimistlar» bo'lmagan.
Sahobalar orasida nass* bilan maslahat** bir biriga oriz bo'lib qolgan vaqtda sabab va maslahatni nassga bo'ysundirishda ta'sir ko'rsatadigan kishilar bo'lmagan, bu ham chegara bilmaslikdir.
____
*Nass, shar'iy nass - hujjat bo'ladigan matn.
**Maslahat, masolihul mursala - ya'ni manfaat, ”qaydlanmagan”, ”erkin manfaat”.
Imom Butiyning; «Mulaxxasu muxozaroti tarix at-tashri' al-islamiy» kitobidan
Abdulloh G'ulomov tarjimasi.
O‘zbekistonning Kuala-Lumpur shahridagi elchixonasida mamlakatimizning ziyorat turizmi salohiyatiga bag‘ishlangan taqdimot hamda O‘zbekiston va Malayziya turoperatorlarining B2B formatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.
Tadbirda Butunjahon sufiylar markazi bosh kotibi shayx Abdul Karim Hadayd, “BUMITRA” sayyohlik kompaniyalari assotsiatsiyasi rahbariyati va mahalliy turoperatorlar ishtirok etdi.
O‘zbekistonning Malayziyadagi elchisi Karomiddin Gadoyev ziyorat turizmi sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar haqida so‘zlab berdi. U musulmon davlatlari, jumladan, Malayziyadan keladigan ziyoratchilar uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida Samarqand viloyatidagi Imom Buxoriy majmuasi va Toshkentdagi Islom sivilizatsiyasi markazida ko‘rilayotgan chora-tadbirlarga alohida e’tibor qaratdi.
Ishtirokchilar ikki mamlakat o‘rtasida turizm sohasidagi hamkorlik rivojlanib borayotgani va sayyohlar oqimi oshib borayotganini ta’kidladilar. Chet ellik sayyohlarni jalb qilish uchun Malayziya fuqarolariga vizasiz rejim amal qilmoqda, “Uzbekistan Airways” va “Batik Air Malaysia” aviakompaniyalari Toshkent va Kuala-Lumpur o‘rtasida haftasiga yetti marotaba to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslarni amalga oshirmoqda.
Ikki mamlakat turoperatorlari o‘rtasida o‘tkazilgan B2B uchrashuvlar doirasida O‘zbekistonga sayyohlar oqimini oshirish maqsadida Malayziyada “ziyorat turizmi”, “madaniy turizm” va “qishki turizm” turpaketlarini keng sotish bo‘yicha aniq kelishuvlarga erishildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati