Haj safari yo'llanmasi, umra ziyorati, pul mukofotlari, go'zal qiroatlar va salavoti shariflar hamda suhbatlar
Tomosha qiling, qalbingizga rohat, ruhingizga ilohiy ozuqa bo'ladi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Mustaqillik — bu birlik, hamjihatlik va bir-birimizga qo‘l uzatish kunidir. Farg‘ona viloyatida bu ruh so‘z bilan emas, amal bilan namoyish etilmoqda: 35 yillik istiqlol arafasida yuzlab insonlar mehr va saxovat bag‘rida bayramga kirmoqda.
Alisher domla Naimov tashabbusi bilan Quvasoy shahrida o‘tkazilgan xayriya tadbirida 33 ta xonadonga oziq-ovqat mahsulotlari, 43 nafar bolajonga esa o‘quv qurollari va kiyim-kechaklar tantanali ravishda topshirildi. Tadbirda viloyat bosh imom-xatibi Ubaydulloh domla Abdullayev ham ishtirok etdi.
Tadbirning yakunida yurt rivoji, xalq farovonligi va mustaqilligimizning bardavom bo‘lishi uchun birgalikda duo qilindi.
Farg‘ona viloyati vakilligi Matbuot xizmati