Cavol: Tik turib suv ichish haqida turli gaplar yuradi. Ayrimlar mumkin desa, yana boshqalar mumkin emas, deyishadi. Shu haqida ma'lumot bersangiz.
Javob: Bismillahir Rohmanir Rohim.
Hadisi shariflarga murojaat qilinadigan bo'lsa, har ikki holatga ham dalillar bo'lgani uchun turli gaplar aytilgan bo'lishi tabiiy. Alloh taolo ulamolarimizdan rozi bo'lsin, ular bizga omonat sifatida har ikki ma'noga dalil bo'luvchi hadislarni ham etkazib berishgan. Ularning ayrimlarida tik turib suv ichishdan qaytarilgan bo'lsa, boshqa hadislarda uni joiz deyilgan.
Ulamolarimiz mazkur hadislarni to'plab, xulosasini aytishgan. Jumladan “Raddul muhtor” kitobida quyidagilar kelgan: “Bilginki, Imom Buxoriy va Muslim kitoblarida ushbu hadislar kelgan: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Sizdan birortangiz tik turib (ichimlik) ichmasin. Kim unutib (ichib qo'ysa), qayd qilib yuborsin”, deganlar.
Boshqa hadisda “Nabiysollallohualayhivasallamtikturibzamzamdanichdilar”, deyilgan.
Buxoriy rivoyat qilgan yana bir hadisda Ali roziyallohu anhu tahorat qilib bo'lgach, tahoratdan ortgan suvdan tik turgan holda ichdilarda, keyin “Albatta, odamlartikturibichishnimakruhko'radilar. Nabiysollallohualayhivasallamxuddimenqilganimdekqilganlar”, dedi.
Ibn Moja va Termiziy Kabsha Ansoriyadan rivoyat qilgan hadisda “Rasulullohsollallohualayhivasallamuningoldigakirdilar. Uning uyida mesh osilgan edi. U zot meshdan tik turib suv ichdilar. Kabsha Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning og'izlari tekkan joyning barakasidan umid qilib, meshning og'zini kesib oldi”.
Shuning uchun ulamolar bu hadislarni jamlashda ixtilof qilishgan. Ba'zi olimlar “so'z bilan qaytarishlik amalda qilingan ishni nasx (bekor) qiladi” deyishsa, boshqalari buning aksini aytadilar. Yana boshqalar esa hadisdagi qaytariq tanzihiy (engil) ma'noda kelgan va ichib ko'rsatishlari esa bu ishning joiz ekanini bayon qilish uchun bo'lgan deyishadi. Imom Navaviy mana shu fikrni ma'qullagan. Alloma Tahoviy imom Sha'biy rahimahullohning “Tik turib suv ichishning makruhligi salomatlikka zararli bo'lgani uchundir”, deganlarini naql qilgan.
Ana shularga ko'ra tik turib suv ichish joiz bo'lsada, makruhi tanzihiy (engil makruh) bo'ladi. Bunday qilgan odam gunohkor bo'lmaydi, ammo o'tirib ichish uchun savob oladi va bir vaqtning o'zida tanasini zararlardan ham asragan bo'ladi. Vallohu a'lam.
O'zbekiston musulmonlari idorasiFatvo markazi.
Turkiya Diyonat ishlari boshqarmasi tomonidan Istanbul shahrida «Ummat birligi va global muammolar qarshisida fatvo kengashlari» mavzusida Fatvo kengashlarining xalqaro maslahat yig‘ilishi o‘tkaziladi. 2026 yil 23–26 noyabr kunlari mazkur nufuzli anjuman va uning doirasidagi tadbirlarda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy — Idora huzuridagi Fatvo markazi direktori Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari boshchiligidagi delegatsiya qatnashadi.
Xalqaro yig‘inda dunyoning 25 dan ortiq mamlakati — jumladan, BAA, Qatar, AQSH, Rossiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Indoneziya, Malayziya, Mavritaniya, Bosniya va Gersegovina, Chernogoriya, Xorvatiya, Bolgariya, Irlandiya hamda MDH davlatlaridan tashrif buyurgan davlat va din arboblari, muftiylar, fatvo kengashlari rahbarlari va yetuk islomshunos olimlar ishtirok etadilar.
Anjuman kun tartibidan ummat birligini mustahkamlashda fatvo idoralarining o‘rni, jamoaviy ijtihodni rivojlantirish, axborot asridagi sun’iy intellekt va raqamli dunyo sharoitida fatvo berish mas’uliyati hamda fatvo ishlab chiqishda ijtimoiy voqelikni hisobga olish kabi muhim yo‘nalishlar o‘rin olgan.
Shuningdek, oila institutini asrash, yosh avlod tarbiyasi, zamonaviy aqidaviy va g‘oyaviy tahdidlarga qarshi kurashishga oid dolzarb masalalar yuzasidan o‘zaro fikr almashiladi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati