Sayt test holatida ishlamoqda!
25 Noyabr, 2026   |   15 Jumadul soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
05:59
Quyosh
07:18
Peshin
12:15
Asr
15:16
Shom
17:00
Xufton
18:17
Bismillah
25 Noyabr, 2026, 15 Jumadul soni, 1448

O'zim-o'zim…

19.01.2024   1753   5 min.
O'zim-o'zim…

O'zga shaharlardan birida odamlar bolalarni qiziqtirish uchun bir o'yin tashkil qilishibdi. O'nta bolani yig'ib, o'rtaga to'qqizta stul qo'yishibdi va bolalarga aytishibdiki: “Stulga o'tirishga ulgurib qolgan bola yutadi, kimda kim stulsiz qolib ketsa o'yindan chiqadi”.

Keyin har safar bitta bola chiqqanda bitta-bitta stuldan kamaytirib borishibdi. Oxiri bitta bola qolibdi va uning g'alabasini e'lon qilishibdi.

Natijada bolalar bu o'yindan “O'zim-o'zim” deyishni o'rganishibdi va “Demak yutishim uchun boshqalarni chiqarib yuborishim kerak ekan” degan tushunchani o'zlariga singdirishibdi.

Yana boshqa bir ixtisoslashtirilgan maktablarida xuddi shu stul o'yinini bolalarga boshqacha tarzda o'ynatishar ekan. Bolalarga aytisharkanki: “Sizlarning soningiz stullar sonidan ko'p, agar birorta bola stulsiz qoladigan bo'lsa hamma yutqazgan hisoblanadi!”.

Natijada hamma bola bir-birini bag'riga olishga harakat qilar ekan, toki o'nta bola to'qqizta stulga joylasha olishi uchun.

Har gal stellar sonini bittaga kamaytirib borilar ekan, lekin qoida hali ham o'sha-o'sha: hech kim stulsiz qolmasligi lozim! Yo'qsa umumiy mag'lubiyat bo'ladi.

Bunday o'yin ortidan bolalar “Muvaffaqiyatga erishishda boshqalarga yordam bermasam, o'zim ham g'alaab qozonolmas ekanman” degan xulosaga keladi.

Egoistlar haqida bitta she'r bor ekan:

Derman: Menga qiyo boqmas bulutlar,

Bir tomchi yomg'irsiz qolsin bu yurtlar!

Biz bu madaniyatning natijalarini ko'chalarda, umumiy joylarda, navbat kutish o'rinlarida yaqqol ko'rishimiz mumkin.

Boshqalardan o'zib ketishning ikki yo'li bor. Birinchisi: raqiblarni yakson etish. Ikkinchisi: ulardan yuqoriroq darajalarga, taraqqiyotda ulardan o'zib ketishga intilish.

Doimo maqsadlaringizni boshqalarga zarar bermagan holda amalga oshirishga harakat qiling!

O'zini o'ylash (manmanlik yoxud xudbinlik) egasini ishdan chiqaradigan virusdir. Chunki bunday odam hech kim uning yutug'iga sherik bo'lishini xohlamaydi, aksincha boshqalarga yomonlik, mag'lubiyat tilaydi. Hech kimning fazilatini, yaxshilik qilgan odamning yaxshiligini e'tirof etmaydi. Shuning uchun ham o'zini o'ylaydigan odam xaloyiq orasida mahbub bo'la olmaydi!

O'zini o'ylash – inson har qanday manfaatni, xoh u moddiy manfaat bo'lsin, xoh boshqa dunyoviy manfaatlar bo'lsin, o'ziga to'g'irlashi va bunga o'zini haqliroq deb bilishi demakdir. O'zini boshqalardan shu darajada afzal ko'radiki, boshqalar haqli bo'lgan narsalarni ham ulardan tortib olib, o'ziga nisbatlash ilinjida bo'ladi.

Egoizm (xudbinlik) yana bir qancha sifatlarni o'z ichiga oladi, masalan, o'zini boshqalarga tashlash, odamlarning boshiga chiqib olish, atrofidagi hamma odamni go'yo o'zining xizmatchilaridek his qilish. Bunday odam ozini shu qadar yaxshi ko'radiki, unga hech qanday muhabbat teng kela olmaydi.

Lekin xunbinlik bilan o'zini yaxshi ko'rish o'rtasida farq bor. Chunonchi, o'zini yaxshi ko'rish, o'zi uchun foydali narsalarni jalb etish, zararli narsalardan himoyalanish insonning tabiatida bor. Bu normal holat hisoblanadi. Faqat bu yaxshi ko'rish islomiy qonun-qoidalar chegarasidan chiqib ketmasa bo'lgani.

Egoistlik bolalikda berilgan xato tarbiya sababli yuzaga keladi, masalan hadeb ko'kka ko'tarish, boshqalardan afzal qo'yib gapirish, yuqorida zikr qilingandek xato o'yinlar o'ynatish, ota-onadan badxulqlikning meros bo'lib o'tishi va hokazo.

Ibn Shubruma rahimahulloh aytadi: “Agar bir do'stingdan yordam so'rasang-u, hojatingni ravo qilish uchun harakat ham qilmasa (loaqal barmog'ini ham qimirlatib qo'ymasa), tahorat qilda, to'rt takbir aytib unga janoza o'qib qo'yaver! Uni o'lgan deb hisoblayver”.

Doktor Hasson Shamsi Poshoning "Metin qoyalar" kitobidan

G'iyosiddin Habibulloh, Ne'matulloh Isomov tarjimasi.

 

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Qardosh muftiylar hamkorlikni rivojlantirishni muhokama qildilar

25.11.2026   4188   1 min.
Qardosh muftiylar hamkorlikni rivojlantirishni muhokama qildilar

Turkiya safar davomida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari va Turkiya Diyonat ishlari boshqarmasi raisi, professor, doktor Safiy Arpagush o‘rtasida ikki tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muloqot avvalida Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari mezbonni Fatvo kengashlarining xalqaro maslahat yig‘ilishi yuksak saviyada va muvaffaqiyatli o‘tgani bilan muborakbod etdilar.

Muftiy hazratlari ikki qardosh mamlakat rahbarlarining sa’y-harakatlari tufayli o‘zaro hamkorlik munosabatlari tobora kengayib, ayniqsa, ulamolar o‘rtasidagi aloqalar yangi bosqichga ko‘tarilganini mamnuniyat bilan qayd etdilar. Shuningdek, mazkur nufuzli anjuman musulmon ummati oldida turgan dolzarb masalalarni muhokama qilish uchun muhim muloqot maydoni bo‘lgani, unda qabul qilingan bayonot va tavsiyalar barcha musulmon xalqlari uchun manfaatli bo‘lishi ta’kidlandi.

O‘z navbatida, professor, doktor Safiy Arpagush O‘zbekiston muftiysining xalqaro yig‘ilishdagi faol ishtiroki va sermazmun nutqi uchun katta minnatdorlik izhor etdi.

Ushbu maslahat yig‘ilishi ummat birligini mustahkamlash va zamonaviy muammolarga jamoaviy ijtihod asosida mo‘tadil yechim topishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlar ekan, hamkorlikda fatvolar ishlab chiqishni rivojlantirish, ularda ijtimoiy voqelikni hisobga olish, axborot asridagi fatvo tarqoqligining oldini olish maqsadida raqamli maydonda rasmiy fatvolarni keng yoyish hamda sun’iy intellektdan faqat tadqiqot vositasi sifatida foydalanib, uni fatvo berish manbaiga aylantirmaslik zarurligini alohida bayon etdi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

 

O'zbekiston yangiliklari