Sayt test holatida ishlamoqda!
29 Sentabr, 2025   |   7 Rabi`us soni, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:59
Quyosh
06:18
Peshin
12:18
Asr
16:22
Shom
18:12
Xufton
19:24
Bismillah
29 Sentabr, 2025, 7 Rabi`us soni, 1447

Rasman: Haj kvotasi 7200 ta bo‘ldi!

20.01.2017   17815   2 min.
Rasman: Haj kvotasi 7200 ta bo‘ldi!

Mamlakatimiz mo‘min-musulmonlari muborak haj va umra ibodatlarini ado etishlar uchun yildan-yilga qulay shart-sharoitlar tashkil etib kelinmoqda. So‘nggi yillarda ziyoratchilarga ko‘rsatiladigan tibbiyot, transport, mehmonxona xizmatlari va ibodat masalalaridagi yordamlar saviyasi sezilarli darajada oshganini alohida qayd etish kerak.

Yana bir xursandchilik, haj safariga borish istagini bildirayotganlar soni oshib borayotganini inobatga olib, 2017 yildan yurtimizdan haj ziyoratiga boruvchilar soni 7200 nafar qilib belgilandi (ilgari 5200 nafar edi). Bu xushxabar barcha yurtdoshlarimizga katta quvonch baxsh etdi.

Shu kunlarda Haj ishlari bo‘yicha O‘zbekiston delegatsiyasi Saudiya Arabistonida xizmat safarida bo‘lib, bir qator vazirlik va idoralar bilan 2017 yilgi haj mavsumini namunali tashkil etish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazmoqda. Kuni kecha Saudiya Arabistoni Haj va umra ishlari vaziri Solih Bantin bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda o‘tgan Haj mavsumidagi yutuqlar va kelayotgan mavsumga tayyorgarlik, uni yanada yaxshi tashkil etishga doir fikrlar bildirildi. Mazkur uchrashuv yakunida ikki tomon o‘rtasida imzolangan shartnomaga ko‘ra, joriy yil Haj mavsumi uchun O‘zbekistonga 7200 ta kvota ajratilishiga erishildi.

Kunning ikkinchi yarmida Haj ishlari bo‘yicha O‘zbekiston delegatsiyasi Saudiya Arabistoni Fuqaro aviatsiyasi bosh boshqarmasi rahbariyati bilan Jidda shahrida uchrashuv o‘tkazdi. Muzokaralarda haj va umra ziyoratlarini tashkil etish doirasidagi tashkiliy masalalar, jumladan, Madina va Jidda shaharlari xalqaro aeroportlari orqali ziyoratchilarni tashish, ko‘rsatiladigan xizmatlar muhokama etildi. Saudiya Arabistoni Fuqaro aviatsiyasi bosh boshqarmasi O‘zbekiston haj ishchi guruhi va “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi ish faoliyatiga yuqori baho berdi.

Shundan so‘ng Haj ishlari bo‘yicha O‘zbekiston delegatsiyasi tashrif dasturi doirasida Saudiya Arabistoni Transport korxonalari bosh vakilligi mas’ullari bilan uchrashdi. Uchrashuvda bosh vakillik rahbari Foruq Buxoriy O‘zbekiston tomonidan haj va umra tadbirlarini yuqori darajada tashkil etib kelayotgani, o‘zbekistonlik hojilar zamonaviy transport vositalari bilan ta’minlangani, shartnomaviy kelishuvlar O‘zbekiston tomonidan to‘laqonli bajarilayotganini alohida ta’kidladi. Foruq Buxoriy so‘zining yakunida O‘zbekiston haj delegatsiyasi a’zolariga yuqori darajadagi tashkiliy ishlar uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

axborot xizmati

Haj va umra
Boshqa maqolalar

Seuldagi markaziy masjidda yurtimiz ulamosi juma namozini o‘qib berdi

26.09.2025   13281   2 min.
Seuldagi markaziy masjidda yurtimiz ulamosi juma namozini o‘qib berdi

Seul shahrida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Zayniddin domla Eshonqulov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasining Janubiy Koreya musulmonlari jamoati bosh imomi Li Ju Xva-Abdurahmon Li bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Mezbon imom yurtimiz ulamolarini tashrif bilan qutlab, bunday manfaatli tashriflarni tez-tez tashkil etish, bu xususda O‘zbekiston musulmonlari idorasi bilan shartnoma imzolangani, shartnomaga muvofiq aloqalarni yanada mustahkamlash lozimligini aytib o‘tdi. Imom Buxoriy, Imom Termiziy kabi ulug‘ zotlarimizning islom tamadduniga qo‘shgan beqiyos hissasini, Samarqand, Buxoro, Xiva kabi tarixiy shaharlarimiz musulmon olami e’tiborini qozonganini, yurtimizda amalga oshirilayotgan bugungi islohotlarni e’tirof etdi.
O‘z navbatida, yurtimiz vakili mamlakatlarimiz o‘rtasida hamkorlik tobora rivojlanib borayotgani, diniy idoralarning munosabatlari ravnaq topayotgani, imomlarimizning ushbu davlatga safar qilishlari  an’ana tusini olgani, bunday hamkorlik ikki davlat musulmonlari uchun ham har tomonlama manfaatli bo‘lishini ta’kidladi.
Tomonlar bir-birlariga esdalik hadyalar topshirishdi.
Zayniddin domla Eshonqulovdan Seul shahridagi 1250 kishilik markaziy masjidda juma namozini o‘qib berish so‘raldi. Bu ham bo‘lsa, kunchiqar mamlakat musulmonlarining yurtimiz allomalariga bo‘lgan yuksak ehtiromi ifodasidir. 
Juma namozidan so‘ng Zayniddin domla vatandoshlarimizga muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarining salomlarini yetkazib, halol kasb qilish, rizqni kengaytiradigan amallar, oila muqaddasligi, farzand ne’mati haqida diniy-ma’rifiy suhbat qilib berdi. 
Shuningdek, uchrashuvda hamyurtlarimizga ular yashayotgan mamlakat qonun-qoidalariga amal qilishlari, musulmonlik odobiga rioya etishlari eslatib o‘tildi. Ular egallagan bilim-malakalari kelgusida yurtimizdagi turli sohalar rivoji hamda aholi farovonligida ham ish berishiga umid bildirildi.
Seul markaziy masjidida O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan chop etilgan 5 turdagi diniy-ma’rifiy bukletlar tarqatilib, xayrli duolar qilindi.


O‘zbekiston musulmonlari idorasi 
Matbuot xizmati

Seuldagi markaziy masjidda yurtimiz ulamosi juma namozini o‘qib berdi Seuldagi markaziy masjidda yurtimiz ulamosi juma namozini o‘qib berdi Seuldagi markaziy masjidda yurtimiz ulamosi juma namozini o‘qib berdi Seuldagi markaziy masjidda yurtimiz ulamosi juma namozini o‘qib berdi Seuldagi markaziy masjidda yurtimiz ulamosi juma namozini o‘qib berdi Seuldagi markaziy masjidda yurtimiz ulamosi juma namozini o‘qib berdi Seuldagi markaziy masjidda yurtimiz ulamosi juma namozini o‘qib berdi Seuldagi markaziy masjidda yurtimiz ulamosi juma namozini o‘qib berdi Seuldagi markaziy masjidda yurtimiz ulamosi juma namozini o‘qib berdi Seuldagi markaziy masjidda yurtimiz ulamosi juma namozini o‘qib berdi Seuldagi markaziy masjidda yurtimiz ulamosi juma namozini o‘qib berdi Seuldagi markaziy masjidda yurtimiz ulamosi juma namozini o‘qib berdi Seuldagi markaziy masjidda yurtimiz ulamosi juma namozini o‘qib berdi Seuldagi markaziy masjidda yurtimiz ulamosi juma namozini o‘qib berdi Seuldagi markaziy masjidda yurtimiz ulamosi juma namozini o‘qib berdi