Sayt test holatida ishlamoqda!
25 Iyul, 2025   |   30 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:35
Quyosh
05:12
Peshin
12:35
Asr
17:36
Shom
19:51
Xufton
21:20
Bismillah
25 Iyul, 2025, 30 Muharram, 1447

Buxoro viloyatida yil yakuniga bag‘ishlangan tadbir

08.12.2016   774   1 min.
Buxoro viloyatida yil yakuniga bag‘ishlangan tadbir

2016 yil 7 dekabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligida 2016 yilda bajarilgan ishlar sarhisobi bo‘yicha viloyat imom-xatiblarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston musulmonlari idorasi masjidlar bo‘limi mudiri Muhammadnazar Qayumov ishtirok etdi.

Dastlab kun tartibiga qo‘yilgan masalalar yuzasidan Buxoro viloyati bosh imom-xatibi Mansur Nurullayev so‘zga chiqib, 2016 yil davomida viloyatdagi masjid imom-xatiblari tomonidan bajarilgan ishlar, erishilgan yutuqlar yuzasidan yillik hisobotni o‘qib eshittirdi. Shuningdek, u 2017 yilda barcha imom-xatiblarni o‘ziga yuklatilgan vazifalarni sidqidildan bajarishda, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda faol bo‘lishga chaqirdi.

Tadbirda so‘zga chiqqan O‘zbekiston musulmonlari idorasi Masjidlar bo‘limi mudiri Muhammadnazar Qayumov “8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligi” bayrami bilan ishtirokchilarni samimiy tabriklab, imomlar uchun zaruriy tavsiyalarni berdi.

Tadbir davomida joriy yilda samarali mehnati bilan faollik ko‘rsatgan, yoshlarga ibrat bo‘lgan imom-xatiblarga maqtov yorliqlari va esdalik sovg‘alari topshirildi. Shuningdek, din ravnaqi yo‘lida qilayotgan xizmatlari, ko‘rsatayotgan jonbozliklari hamda 2016 yil 2 noyabr kuni “Mustaqillik va diniy qadriyatlar rivoji” mavzuidagi diniy soha xodimlar ishtirokida o‘tkazilgan Respublika anjumanini yuqori saviyada tashkil etishda qo‘shgan hissasini inobatga olib, Buxoro viloyati vakili M.Nurullayevga O‘zbekiston musulmonlari idorasining tashakkurnomasi taqdim etildi.

Tadbir so‘ngida, Qur’oni karim tilovat qilinib, barcha o‘tganlar, xususan, marhum Birinchi Prezidentimizning ruhlariga bag‘ishlandi.

 Muzaffar JABBOROV,

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Masjidlar bo‘limi mutaxassisi

Fotolavhalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Hadis ilmi maktabiga kirish imtihoni boshlandi

24.07.2025   10690   2 min.
Hadis ilmi maktabiga kirish imtihoni boshlandi

#xabar #kirish_imtihoni #hadis_ilmi_maktabi

Bugun, 24 iyul kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi Hadis ilmi maktabining 2025-2026 o‘quv yili uchun qabul imtihonlari boshlandi. 


Shu munosabat bilan erta tongda Toshkent shahridagi Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf jome masjidida bo‘lib o‘tgan tadbirda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita va O‘zbekiston musulmonlari idorasi mutasaddilari, imtihon oluvchi pedagog-o‘qituvchilar, abituriyentlar ishtirok etdi.

 

Dastlab Hadis ilmi maktabi rektori Barot domla Amonov qabul imtihonlarini yuqori saviyada o‘tkazish uchun ko‘rilgan tayyorgarlik ishlari, abituriyentlarga yaratilgan shart-sharoitlar haqida ma’lumot berdi.


Tadbirda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Davronbek Maqsudov, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov va Diniy idora raisi o‘rinbosari Muhammadolim domla Muhammadsiddiqov nutq so‘zladi. Notiqlar yurtimizda diniy ta’limga berilayotgan e’tibor haqida so‘z yuritish barobarida qabul imtihonlarida abituriyentlarning bilimlilarini saralab olish asosiy maqsad ekanini alohida ta’kidlashdi. Shuningdek, imtihonlarni shaffof, ochiq va oshkora o‘tkazilishi ta’minlanishiga urg‘u berishdi.  


O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ta’lim va ilmiy-tadqiqot bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Sherzod Cho‘lponov tomonidan ijodiy imtihonni o‘tkazish tartibi va baholash mezonlari tushuntirildi. Shundan so‘ng Qabul hay’ati a’zolari, abituriyentlar va ota-onalar guvohligida imtihon varaqalari solingan va muhrlangan maxsus qoplar ochilib, ijodiy imtihonga start berildi. 


Ma’lumot o‘rnida, bugun “Hadis” va “Mustalahul hadis” fanlaridan og‘zaki ijodiy imtihon o‘tkaziladi. Ertaga, 25 iyul kuni Arab tili va O‘zbekiston tarixi fanlaridan test sinovlari bo‘lib o‘tadi. 


2025-2026 o‘quv yili imtihonlari haqidagi so‘nggi yangiliklarni @qabulmuslimuz telegram sahifasida kuzatib boring. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Hadis ilmi maktabiga kirish imtihoni boshlandi Hadis ilmi maktabiga kirish imtihoni boshlandi Hadis ilmi maktabiga kirish imtihoni boshlandi Hadis ilmi maktabiga kirish imtihoni boshlandi Hadis ilmi maktabiga kirish imtihoni boshlandi Hadis ilmi maktabiga kirish imtihoni boshlandi Hadis ilmi maktabiga kirish imtihoni boshlandi Hadis ilmi maktabiga kirish imtihoni boshlandi
O'zbekiston yangiliklari