2016 yil 29 noyabr kuni Rossiyaning Yekaterenburg shahridagi muftiyotda O‘zbekiston musulmonlari idorasi delegatsiyasi ishtirokida o‘zaro muloqot bo‘ldi. Unda Sverdlovsk viloyati muftiysi Abdul-Quddus Asharin, Ural tog‘-kon universiteti dinshunoslik kafedrasi mudiri Starostin Aleksey va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari, delagatsiya rahbari Ibrohim Inomov so‘zga chiqib, Sverdlovsk viloyati hokimligi va muftiyotiga tashkil etilgan samimiy uchrashuv va suhbatlar uchun O‘zbekiston musulmonlari idorasi rahbariyati nomidan minnatdorlik bildirdi. O‘z navbatida Abdul-Quddus Asharin ham O‘zbekiston hukumatiga va diniy idora rahbariyatiga tashakkur bildirib, o‘z so‘zida bunday dedi:
– Terrorchi guruhlarga qarshi kurashda O‘zbekiston tajribasini o‘rganish va amalda tatbiq etish juda muhim ahamiyatga ega. Biz ulardan kerakli saboq va malaka o‘rgandik va o‘rganmoqdamiz. Kelgusida O‘zbekiston musulmonlari idorasi bilan yanada keng va samarali hamkorlik aloqalarini davom ettirishga umid bildiramiz.
Tadbir so‘ngida Sverdlovsk viloyati muftiyoti tomonidan O‘zbekiston musulmonlari idorasi va Din ishlari bo‘yicha qo‘mita rahbariyatiga shahodatnomalar taqdim etildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Masjidlar bo‘limi
#xabar #kirish_imtihoni #hadis_ilmi_maktabi
Bugun, 24 iyul kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi Hadis ilmi maktabining 2025-2026 o‘quv yili uchun qabul imtihonlari boshlandi.
Shu munosabat bilan erta tongda Toshkent shahridagi Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf jome masjidida bo‘lib o‘tgan tadbirda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita va O‘zbekiston musulmonlari idorasi mutasaddilari, imtihon oluvchi pedagog-o‘qituvchilar, abituriyentlar ishtirok etdi.
Dastlab Hadis ilmi maktabi rektori Barot domla Amonov qabul imtihonlarini yuqori saviyada o‘tkazish uchun ko‘rilgan tayyorgarlik ishlari, abituriyentlarga yaratilgan shart-sharoitlar haqida ma’lumot berdi.
Tadbirda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Davronbek Maqsudov, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov va Diniy idora raisi o‘rinbosari Muhammadolim domla Muhammadsiddiqov nutq so‘zladi. Notiqlar yurtimizda diniy ta’limga berilayotgan e’tibor haqida so‘z yuritish barobarida qabul imtihonlarida abituriyentlarning bilimlilarini saralab olish asosiy maqsad ekanini alohida ta’kidlashdi. Shuningdek, imtihonlarni shaffof, ochiq va oshkora o‘tkazilishi ta’minlanishiga urg‘u berishdi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ta’lim va ilmiy-tadqiqot bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Sherzod Cho‘lponov tomonidan ijodiy imtihonni o‘tkazish tartibi va baholash mezonlari tushuntirildi. Shundan so‘ng Qabul hay’ati a’zolari, abituriyentlar va ota-onalar guvohligida imtihon varaqalari solingan va muhrlangan maxsus qoplar ochilib, ijodiy imtihonga start berildi.
Ma’lumot o‘rnida, bugun “Hadis” va “Mustalahul hadis” fanlaridan og‘zaki ijodiy imtihon o‘tkaziladi. Ertaga, 25 iyul kuni Arab tili va O‘zbekiston tarixi fanlaridan test sinovlari bo‘lib o‘tadi.
2025-2026 o‘quv yili imtihonlari haqidagi so‘nggi yangiliklarni @qabulmuslimuz telegram sahifasida kuzatib boring.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati