Sayt test holatida ishlamoqda!
01 Iyul, 2026   |   16 Muharram, 1448

Toshkent shahri
Tong
03:08
Quyosh
04:54
Peshin
12:29
Asr
17:42
Shom
20:04
Xufton
21:45
Bismillah
01 Iyul, 2026, 16 Muharram, 1448

Eng ulug‘ g‘oyamiz: Jaholatga qarshi – ma’rifat!

24.09.2024   15521   1 min.
Eng ulug‘ g‘oyamiz: Jaholatga qarshi – ma’rifat!

Shu yilning 24 sentyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining o‘rinbosari  Zayniddin domla Eshonqulov O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Jaholatga qarshi – ma’rifat” mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbirda qatnashdi.

Unda Shayxontohur tumanidagi “Shayxontohur”, “O‘rda”, “Jangoh” mahallalaridan 300 nafar aholi vakillari va yoshlar ishtirok etdi.  


Uchrashuvda Zayniddin domla hozirgi kunda yoshlar tarbiyasi, farzandlarni ona Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash va yoshlarning ilm olishi muhimligini ta’kidlash barobarida o‘zgalarga ko‘r-ko‘rona taqlidning salbiy jihatlariga to‘xtalib o‘tildi.


Mazmunli ma’ruza davomida farzandlarni yot g‘oyalar ta’siridan saqlash, ularni qadriyatlarimizga mos ravishda sog‘lom e’tiqodli qilib tarbiyalashda har bir ota-onaning o‘rni muhimligi borasida fikr-mulohazalar bildirildi.


Tadbir so‘ngida  aholi tomonidan ijtimoiy, aqidaviy va mazhabsizlikning salbiy oqibatlariga doir berilgan savollarga javoblar berildi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Eng ulug‘ g‘oyamiz: Jaholatga qarshi – ma’rifat! Eng ulug‘ g‘oyamiz: Jaholatga qarshi – ma’rifat! Eng ulug‘ g‘oyamiz: Jaholatga qarshi – ma’rifat! Eng ulug‘ g‘oyamiz: Jaholatga qarshi – ma’rifat!
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

“Vorislik faqat faxrlanish emas, vorislik bu ulkan mas’uliyat hamdir”

30.06.2026   6911   2 min.
“Vorislik faqat faxrlanish emas, vorislik bu ulkan mas’uliyat hamdir”

Bugun, 30 iyun kuni Davlatimiz Rahbari Shavkat Mirziyoyev yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Tadbirda juda muhim masalalar kun tartibiga chiqdi.


Bilinglar, endi davlatlar hududi bilan emas, bilimi bilan, aholi soni bilan emas, texnologiyasi bilan, tabiiy boyliklari bilan emas, inson kapitali bilan raqobatga kirishmoqda, – dedi muhtaram Prezidentimiz. – Bilim, ilm-fan va tafakkur mahsuli bo‘lgan yangi “Bilimlar iqtisodiyoti” hal qiluvchi kuchga aylanib bormoqda.


Men bilaman, o‘g‘il-qizlarimizning har birida katta salohiyat bor, iste’dod bor, iqtidor bor. Sizlar o‘z davrida buyuk kashfiyotlari bilan dunyo sivilizatsiyasiga ulkan hissa qo‘shgan, Birinchi va Ikkinchi Renessansning “aql chirog‘i” bo‘lgan buyuk ajdodlarimizning munosib vorislarisiz. Albatta, vorislik faqat faxrlanish emas, vorislik bu ulkan mas’uliyat hamdir!


Ajdodlarimiz insoniyat taraqqiyoti uchun qanday buyuk ishlar qilgan bo‘lsa, sizlar Yangi O‘zbekistonda yangi uyg‘onish davri – Uchinchi Renessans poydevorini yaratadigan kuch bo‘lishingiz kerak!..


Kecha Prezidentimiz ana shunday o‘g‘il-qizlarimizdan bir guruhini “Kelajak bunyodkori” medali va “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlash haqidagi farmon va qarorni imzolagan edi. Bugun ushbu mukofotlar o‘z egalariga tantanali ravishda topshirildi.


Aziz o‘g‘il-qizlarim! Men sizlardagi shijoat, bilimga tashnalik va yangilikka intilishni ko‘rib, doim ruhlanaman.


Siz – aziz farzandlarimdan bir narsani so‘rayman: katta-katta marralar sari olg‘a qadam tashlang, o‘qing, yangi bilim, yangi kasb va zamonaviy texnologiyalarni egallang, qiyinchilikdan cho‘chimang, mehnatdan qochmang!


Shuni bilingki, ortingizda sizlarni katta umidlar bilan voyaga yetkazgan ota-onangiz bor, sizlarga bilim va tarbiya bergan, kasb o‘rgatgan ustoz va murabbiylaringiz bor, sizlarga hamisha tayanch va suyanch bo‘ladigan, ishonadigan va doim qo‘llab-quvvatlaydigan Prezidentingiz bor!


Yo‘lingiz ochiq, niyatingiz ulug‘, qaddingiz baland bo‘lsin! – dedi Prezidentimiz yoshlar bilan muloqot yakunida.


O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

“Vorislik faqat faxrlanish emas, vorislik bu ulkan mas’uliyat hamdir”
O'zbekiston yangiliklari