Sayt test holatida ishlamoqda!
16 Noyabr, 2026   |   6 Jumadul soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
05:50
Quyosh
07:12
Peshin
12:13
Asr
15:22
Shom
17:06
Xufton
18:23
Bismillah
16 Noyabr, 2026, 6 Jumadul soni, 1448

Baxtli inson kim ekanini bilasizmi?

26.09.2024   7132   1 min.
Baxtli inson kim ekanini bilasizmi?

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Haqiqiy baxtli inson – boshqalarni qo‘yib, o‘zining aybu nuqsonlarini isloh qilish bilan band bo‘lgan kishidir.
Haqiqiy baxtli inson – tiriklikni qadriga yetib, bu dunyo o‘tkinchi ekanligi, abadiy emasligini anglagan kishidir.
Haqiqiy baxtli inson – Allohni doim zikr qilib yuradigan, kamchilik va xatolariga istig‘for aytadigan kishidir.
Haqiqiy baxtli inson – gapirganda ham, eshitganda ham faqat huddi mevalarning eng totlisini tanlagandek, eng yoqimlilarini so‘zlaydigan va tinglaydigan kishidir.
Haqiqiy baxtli inson – umidsizlikka tushmaydigan, biror musibat yetganda uni taqdirdan deb biladigan, qo‘ldan ketgan narsaga achinmaydigan kishidir.
Haqiqiy baxtli inson – Allohni zikr qilganda qalbi orom oladigan, garchi turmushi tang halatda bo‘lsada o‘zgalarning nazarida shodu xurram yurgan kishidir.

Homidjon domla ISHMATBЕKOV

 

Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Ummon Sultonligida nufuzli xalqaro forum boshlandi

16.11.2026   131   2 min.
Ummon Sultonligida nufuzli xalqaro forum boshlandi

Shu kunlarda Ummon Sultonligining Masqat shahridagi "Hilton Muscat Al Bandar" majmuasida "Masqat harakatlar rejasi global forumi" (Muscat Plan Global Forum) bo‘lib o‘tmoqda. Joriy yilning 15-16 noyabr kunlariga mo‘ljallangan ushbu nufuzli anjumanda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov ham ishtirok etmoqda.

Mazkur xalqaro forum Birlashgan Millatlar Tashkilotining Genotsidning oldini olish va himoya qilish mas’uliyati bo‘yicha boshqarmasi (UNOSAPG), Ummon Sultonligi Vaqf va diniy ishlar hamda Tashqi ishlar vazirliklari, shuningdek, "Din va an’anaviy tinchlikparvarlar tarmog‘i" (The Network for Religious and Traditional Peacemakers) hamkorligida tashkil etilgan.

Tadbirning asosiy maqsadi kamsitish va zo‘ravonlikning oldini olish, shuningdek, o‘zaro muloqot, bag‘rikenglik va tinch-totuvlikni keng targ‘ib qilishda amaliy yondashuvlarni ishlab chiqishdan iborat.

E’tiborlisi, forumning asosiy tadbirlari Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xalqaro bag‘rikenglik kuniga (16 noyabr) to‘g‘ri kelgan bo‘lib, bu o‘zaro hurmat va tinch-totuv yashash qadriyatlarini mustahkamlash uchun muhim platforma vazifasini o‘taydi.

Xalqaro tadbirda dunyoning turli davlatlaridan kelgan taniqli ulamolar, diniy va an’anaviy yetakchilar, hukumat vakillari, BMT va boshqa yirik xalqaro tashkilotlar mutasaddilari jam bo‘lgan. Forum dasturi doirasida muhim sessiyalar bo‘lib o‘tmoqda. Jumladan, tinchlik va xavfsizlikni ta’minlashda xalqaro hamkorlik mexanizmlari, nafratli nutqlarga qarshi kurashish hamda bag‘rikenglikni ilgari surishda diniy yetakchilar va ommaviy axborot vositalarining o‘rni kabi mavzularda yuqori darajadagi muhokamalar olib borilmoqda.

O‘zbekiston vakillarining bunday nufuzli xalqaro anjumanlardagi ishtiroki yurtimizda olib borilayotgan diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlar, dinlararo bag‘rikenglik va tinchliksevarlik tamoyillarini jahon hamjamiyatiga yetkazishda muhim ahamiyat kasb etadi. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Ummon Sultonligida nufuzli xalqaro forum boshlandi Ummon Sultonligida nufuzli xalqaro forum boshlandi Ummon Sultonligida nufuzli xalqaro forum boshlandi Ummon Sultonligida nufuzli xalqaro forum boshlandi Ummon Sultonligida nufuzli xalqaro forum boshlandi Ummon Sultonligida nufuzli xalqaro forum boshlandi Ummon Sultonligida nufuzli xalqaro forum boshlandi Ummon Sultonligida nufuzli xalqaro forum boshlandi Ummon Sultonligida nufuzli xalqaro forum boshlandi
O'zbekiston yangiliklari