Sayt test holatida ishlamoqda!
29 Oktabr, 2026   |   18 Jumadul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
05:31
Quyosh
06:50
Peshin
12:12
Asr
15:41
Shom
17:25
Xufton
18:39
Bismillah
29 Oktabr, 2026, 18 Jumadul avval, 1448

Taroveh namozining 10 fazilati

01.04.2024   6512   1 min.
Taroveh namozining 10 fazilati

Taroveh namozi – bandani kechani ibodat bilan bedor o'tkazganning savobiga noil etadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Agar kishi imom bilan to tugatguncha birga namoz o'qisa, tunni bedor o'tkazgan deb hisoblanadi”, deganlar (Imom Abu Dovud, Imom Nasoiy rivoyati).

  1. Tungi namoz – Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning sunnatlari. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kechasini ibodat bilan o'tkazganlaridan oyoqlari shishib ketardi.
  2. Qiyomul layl (kechani ibodat bilan o'tkazish) – jannatga kirishning eng katta sabablaridan biri.
  3. Kechasini ibodat bilan o'tkazgan bandaning jannatdagi darajasi ko'tariladi.
  4. Kechasi ibodat qiladiganlar Allohning rahmatiga sazovor bo'ladilar.
  5. Alloh taolo O'zining solih bandalari qatorida tungi namozni o'qiydiganlarni alohida madh etgan: “Ular tunlarni Robbilariga sajda qilib, bedor o'tkazadilar”(Furqon surasi, 64-oyat).
  6. Qiyomul layl – farz namozlaridan keyingi eng afzal namozlardan biri.
  7. Tungi ibodat – bandani Robbiga yaqin qiladi, yomonliklarni daf etadi, gunohlarni ketkazadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar: “Kechaning qiyomini lozim tuting. Chunki u sizlardan oldingi solihlarning odatidir. U Robbingizga qurbatdir, yomonliklarga kafforot va gunohlardan qaytaruvchidir”.
  8. Qiyomul layl tanadan kasalliklarni ham ketkazadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “U jismdan dardni quvguvchidir”, deganlar.
  9. Mo'minning sharafi – kechasi ibodat qilishdadir.
  10. Kechasini ibodat bilan o'tkazgan banda ega bo'ladigan ajr-savob, baxt-saodat va mukofotlar dunyo va undagi narsalardan afzaldir.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar: “Kim Ramazon oyida iymon bilan savob umidi (taroveh)da qoim bo'lsa, uning avvalgi gunohlari kechiriladi”(Imom Buxoriy, Imom Muslim rivoyati).

 Davron NURMUHAMMAD

Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Anjuman yalpi majlisi e’tirof, yangi tashabbus va xushxabarlarga boy bo‘ldi (fotolavha)

29.10.2026   1142   4 min.
Anjuman yalpi majlisi e’tirof, yangi tashabbus va xushxabarlarga boy bo‘ldi (fotolavha)

Avval xabar berganimizdek, bugun Islom sivilizatsiyasi markazida Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti o‘zining 55 yilligiga bag‘ishlangan tadbir hamda “Dolzarb aqidaviy va zamonaviy fiqhiy masalalar” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi.

Dastlab Toshkent islom instituti rektori, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Uyg‘un domla G‘afurov so‘zga chiqib, anjuman qatnashchilarini mazkur qutlug‘ ayyom bilan samimiy qutladi va institutning 55 yillik shonli faoliyati haqida nutq so‘zladi.
 

 So‘zga chiqqan O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari yig‘ilganlarni Toshkent islom oliy ma’hadi tashkil etilganining 55 yilligi hamda anjuman ochilishi bilan muborakbod etib, muhtaram Prezidentimiz tomonidan ilm-fan rivojiga, xususan, diniy ta’limga qaratilayotgan yuksak e’tiborni alohida ta’kidladilar.


 

Shuningdek, Muftiy hazratlari o‘z nutqlarida Turkiy davlatlar muftiylari yig‘ilishida diniy ta’lim muassasalarining ilmiy hay’atini tuzish taklifi ma’qullangani hamda Qozonda bo‘lib o‘tgan xalqaro olimpiadada institut talabasi Abdulaziz Odiljonov mutlaq 1-o‘rinni qo‘lga kiritgani munosabati bilan uni magistraturaga imtiyozli qabul qilish xushxabarini e’lon qildilar.



 Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari, tarix fanlari doktori, professor Davronbek Maxsudov esa o‘z tabrik so‘zida mazkur dargohning yarim asrlik faoliyatini yuksak baholab, bugungi kunda yetishib chiqayotgan olimlar xalqaro miqyosdagi aqidaviy va fiqhiy ixtiloflarga asosli raddiya bera oladigan darajaga yetganini e’tirof etdi.
 

 Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi mas’ul xodimi Irgash Daminov so‘zga chiqib, 1971 yilda asos solingan ushbu bilim dargohining tub maqsadi diniy va zamonaviy ilmlarni puxta egallagan yetuk mutaxassislarni tayyorlash ekani va bugun bu vazifa chiroyli ado etilayotganini bayon etdi. O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi bosh ilmiy xodimi Zohidulla Munavvarov esa ushbu dargoh nafaqat O‘zbekiston, balki butun sobiq Ittifoq hududida ham o‘ziga xos maktab yaratganini ta’kidlab, uning 55 yillik faoliyatining tarixiy ahamiyatiga to‘xtalib o‘tdi.



Shuningdek, "Muftiy Boboxonlar" jamg‘armasi direktori Jamoliddin Boboxonov ham so‘zga chiqib, institutning bosib o‘tgan yo‘lini e’tirof etdi. U o‘z nutqida mazkur dargohning dastlabki kamtarona sharoitlaridan tortib bugungi kungacha erishgan yutuqlarini yodga olib, jamg‘arma va institut o‘rtasidagi izchil hamkorlikni, xususan, "Muftiy Ziyovuddinxon ibn Eshon Boboxon" stipendiyasi ta’sis etilgani va yangi o‘quv xonasi jihozlanganini ma’lum qildi.
Tadbir doirasida "Toshkent islom institutining 55 yillik shonli yo‘li" mavzusida o‘tkazilgan maqolalar tanlovi g‘oliblari — ustozlar va talabalar tantanali ravishda taqdirlandi.

 Qozon shahrida 20 ta davlatning 32 ta ta’lim muassasasi ishtirokida o‘tkazilgan islom ilmlari va arab tili bo‘yicha xalqaro olimpiadada Toshkent islom instituti talabalari yuqori natijalarni qo‘lga kiritdi. Jumladan, 4-bosqich talabasi Abdulaziz Odiljonov «Islom huquqi — hanafiy mazhabi» yo‘nalishida birinchi o‘rinni, 2-bosqich talabalari Abdulloh G‘ofurov va Mirjalol Abdusalimov esa mos ravishda «Arab tili» hamda «Din asoslari» yo‘nalishlarida uchinchi o‘rinni egalladi.
 

Ushbu yutuqlari uchun O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari tomonidan Abdulaziz Odiljonovga magistraturaga imtiyozli qabul qilinish taklifi hamda 20 BHM miqdorida pul mukofoti berildi. Shuningdek, uchinchi o‘rin sohiblarining har biriga 10 BHM miqdoridagi pul mukofotlari tantanali ravishda topshirildi.



 Tadbir so‘ngida ko‘p yillik xizmatlari va ustozlarning ezgu duolari ijobati sifatida yurtimiz tinchligi va diniy ta’lim rivoji yo‘lida xatmi Qur’onlar va duoyi xayrlar qilindi.

 O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati


 ISHONCHLI VA RASMIY MANBA OBUNA BO'LING
 YouTube | Instagram | Facebook

Anjuman yalpi majlisi e’tirof, yangi tashabbus va xushxabarlarga boy bo‘ldi (fotolavha) Anjuman yalpi majlisi e’tirof, yangi tashabbus va xushxabarlarga boy bo‘ldi (fotolavha) Anjuman yalpi majlisi e’tirof, yangi tashabbus va xushxabarlarga boy bo‘ldi (fotolavha) Anjuman yalpi majlisi e’tirof, yangi tashabbus va xushxabarlarga boy bo‘ldi (fotolavha) Anjuman yalpi majlisi e’tirof, yangi tashabbus va xushxabarlarga boy bo‘ldi (fotolavha) Anjuman yalpi majlisi e’tirof, yangi tashabbus va xushxabarlarga boy bo‘ldi (fotolavha) Anjuman yalpi majlisi e’tirof, yangi tashabbus va xushxabarlarga boy bo‘ldi (fotolavha) Anjuman yalpi majlisi e’tirof, yangi tashabbus va xushxabarlarga boy bo‘ldi (fotolavha)
O'zbekiston yangiliklari