عَنْ أَبِي بَكْرٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ أَنَّهُ قَالَ: يَا رَسُولَ اللهِ مُرْنِي بِكَلِمَاتٍ أَقُولُهُنَّ إِذَا أَصْبَحْتُ وَإِذَا أَمْسَيْتُ قَالَ: قُلِ اللَّهُمَّ فَاطِرَ السَّمَوَاتِ وَالْأَرْضِ عَالِمَ الْغَيْبِ وَالشَّهَادَةِ رَبَّ كُلِّ شَيْءٍ وَمَلِيكَهُ أَشْهَدُ أَنْ لَا إِلَهَ إِلَّا أَنْتَ أَعُوذُ بِكَ مِنْ شَرِّ نَفْسِي وَشَرِّ الشَّيْطَانِ وَشِرْكِهِ قَالَ: قُلْهَا إِذَا أَصْبَحْتَ وَإِذَا أَمْسَيْتَ وَإِذَا أَخَذْتَ مَضْجَعَكَ.
«Abu Bakr roziyallohu anhu:
«Yo Allohning Rasuli! Menga tong ottirganimda va kunni kech qilganimda aytib yuradigan so‘zlarimni amr qiling», dedi.
Shunda u zot:
«Allohumma! fotiras samavati val arzi, ’alimal g‘aybi vash-shahadati, Robba kulli shay’in va maliykahu. Ashhadu an laa ilaaha illaa anta. A’uzu bika min sharri nafsii va min sharrish-shaytoni va shirkihi», deb ayt. Ularni tong ottirganingda ham, kunni kech qilganingda ham va yotar joyingni olganingda ham ayt», dedilar».
Duoning ma’nosi: «Allohim! Ey osmonlar va yerni yo‘qdan bor qiluvchi Zot! G‘aybni va hozirni biluvchi Zot! Har bir narsaning Robbi va egasi bo‘lgan Zot! Albatta, Sendan o‘zga ilohi ma’bud yo‘qligiga shahodat keltiraman. Sendan nafsimning sharridan va shaytonning sharri va shirkidan panoh tilayman».
«Hadis va hayot» kitobining 35-juzi
«Vaqf» xayriya jamoat fondi Farg‘ona viloyati filialining fidoyi xodimlari va volontyorlari tomonidan saxovatpesha xalqimiz tomonidan qilingan xayr-ehsonlar ezgu maqsadlar yo‘lida sarflanmoqda.
Navbatdagi xayriya tadbiri doirasida Uchko‘prik tumanida yashovchi, jigar sirrozi kasalligiga chalingan og‘ir bemor Kazakov Ilyosjon Yoqubovichning holidan xabar olinib, unga jarrohlik amaliyoti xarajatlari uchun 132 million 500 ming so‘m miqdorida xayriya mablag‘i, oziq-ovqat mahsulotlari jamlanmasi, Mus'haf va boshqa ehsonlar topshirildi.
Bugun bemorlar va ehtiyojmand insonlarga ko‘rsatilayotgan bunday ko‘mak — xalqimizning mehr-oqibati, saxovati va hamjihatligining yorqin ifodasidir.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati