Sayt test holatida ishlamoqda!
15 Sentabr, 2026   |   4 Rabi`us soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:43
Quyosh
06:03
Peshin
12:18
Asr
16:43
Shom
18:37
Xufton
19:52
Bismillah
15 Sentabr, 2026, 4 Rabi`us soni, 1448

Qizini uzatayotgan onaning go‘zal nasihatlari

24.06.2026   14186   1 min.
Qizini uzatayotgan onaning go‘zal nasihatlari

Aqlli ayollardan qolgan go‘zal nasihatlar juda ko‘p. Ummu Umoma binti Horisning qizini uzatadigan kuni unga aytgan nasihati shular jumlasidandir. U aytadi: “Qizalog‘im, sen o‘zing o‘sgan muhitni tark etmoqdasan. Agar ayol kishi eridan behojat bo‘lganida ota-onasining boyligi va ularning unga muhtojligi sabab insonlarning eng boyi bo‘lardi. Ammo ayollar erkaklar uchun, erkaklar esa ayollar uchun yaratilgan. Senga quyidagilarni nasihat qilaman:

Birinchisi, eringa qanoat bilan doim itoat et, doim uning aytganlarini bajar.

Ikkinchisi, uning ko‘zi tushishi va burni sezishi mumkin bo‘lgan joylarga e’tibor qaratgin. Uning ko‘zi xunuk narsalarga tushmasin, burni esa doimo muattar hidlarni tuysin.

Uchinchisi, uning taomi va uyqusiga e’tiborli bo‘l. Chunki ochlik insonni yondiradi, uyqusizlik esa battar g‘azablantiradi.

To‘rtinchisi, uning molini himoya qil hamda qarindoshlari va oilasining rioyasini qilib muomala bo‘l.

Beshinchisi, uning buyruqlariga doimo bo‘ysun, sirlarini oshkor qilma. Chunki agar sen uning buyruqlarini bajarmasang nafratini uyg‘otasan, agar sirlarini oshkor qilsang ishonchidan chiqasan. Yana u mahzun bo‘lgan vaqtda uning huzurida xursand bo‘lishdan, agar xursand bo‘lsa qovog‘ingni uyib olishdan doimo saqlan!”.

Shu’la: Saodatingiz boshqaga bog‘liq emas, u o‘z qo‘lingizda.

Doktor Oiz al-Qarniyning
"Dunyodagi eng baxtli ayol" kitobidan

Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Navoiyda diniy nashrlar targ‘ibotchilariga tashakkurnomalar topshirildi

15.09.2026   795   1 min.
Navoiyda diniy nashrlar targ‘ibotchilariga tashakkurnomalar topshirildi

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Bugun O‘zbekiston musulmonlari idorasining «Hidoyat» va «Mo‘minalar» jurnallari hamda «Islom nuri» gazetasiga 2026 yil uchun obuna mavsumida faol ishtirok etib, nashrlarni xalqimiz orasida keng targ‘ib qilishga munosib hissa qo‘shgan imom-xatiblar va mas’ullarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
 

Tadbirda Navoiy viloyati bosh imom-xatibi Temurxon domla Atoyev, shuningdek, O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi «Shamsuddinxon Boboxonov» nashriyot-matbaa ijodiy uyi vakillari — Davriy nashrlar bo‘limi boshlig‘i Ibrohim Inomov hamda bosh muharrir Abdujalil Ho‘jamov ishtirok etdilar.

Tadbir davomida diniy-ma’rifiy nashrlarning bugungi kundagi o‘rni va ahamiyati, ularni keng ommaga yetkazishda imom-xatiblar hamda mas’ullarning vazifalari haqida atroflicha fikr yuritildi.


Tadbir yakunida obuna jarayonlarida faol ishtirok etgan bir guruh imom-xatiblar va mas’ullarga tashakkurnomalar hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

Navoiyda diniy nashrlar targ‘ibotchilariga tashakkurnomalar topshirildi Navoiyda diniy nashrlar targ‘ibotchilariga tashakkurnomalar topshirildi
O'zbekiston yangiliklari