frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null

Ar-Riyodda IHT media tuzilmasi bilan hamkorlik istiqboli muhokama qilindi

02.06.2022   6545   2 min.
Ar-Riyodda IHT media tuzilmasi bilan hamkorlik istiqboli muhokama qilindi

O'zbekiston elchixonasi vakillari Islom hamkorlik tashkiloti (IHT) Axborot agentliklari uyushmasi (Union of News Agencies – UNA) bosh direktori Muhammad Abd Rabbo al-Yamiy va uyushmaning xalqaro aloqalar va strategik rivojlanish bo'yicha direktori Yunus Inoyat bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Muzokaralar chog'ida uyushmaning IHTga a'zo davlatlar ommaviy axborot vositalari o'rtasidagi xalqaro aloqalarni mustahkamlash va kengaytirishdagi roli,
shuningdek, O'zbekistonda o'tkazilayotgan yirik siyosiy, iqtisodiy, madaniy-gumanitar tadbirlar to'g'risida axborot tarqatishda UNA tomonidan ko'rsatilayotgan ko'mak yuqori baholandi. Bundan tashqari, O'zbekistonning boy madaniy va tarixiy merosga ega ekanini hisobga olib, mamlakat media-agentliklarining UNA bilan hamkorlik qilish uchun keng imkoniyatlar mavjudligi ta'kidlandi. Shu o'rinda UNA kabi media-platformalar imkoniyatlaridan foydalanish nafaqat O'zbekiston va uyushma, balki IHTga a'zo barcha davlatlar manfaatlariga xizmat qilishi qayd etildi.

Muhammad Abd Rabbo Al-Yamiy UNAning IHTga a'zo davlatlarning asosiy media-platformasi sifatidagi roliga, shuningdek, islom va media qadriyatlariga asoslangan media sohasini rivojlantirishga yo'naltirilgan istiqbolga mo'ljallangan uzoq muddatli rejalari haqida batafsil ma'lumot berdi. Uning aytishicha, istiqboldagi vazifalarga shaffoflik, o'zaro ishonch, bag'rikenglik, irqiy kamsitilishlar va ularning har qanday ko'rinishiga qarshi kurash hamda boshqa zamonaviy tahdidlarni oldini olishga xizmat qiladigan media-mahsulotlarni tayyorlash kiradi. U, shuningdek, UNA tuzilmasini isloh qilish, uyushma faoliyatini optimallashtirish, ko'rsatilayotgan xizmatlar turini kengaytirish, IHTga a'zo mamlakatlarning uyushmaga qo'shadigan hissalarini yanada kuchaytirish rejalari haqida so'zlab berdi.

Bundan tashqari, UNA bosh direktori milliy axborot agentliklari vakillari orqali IHTga a'zo davlatlar ommaviy axborot vositalarining o'zaro hamkorligi uchun strategik maslahatlar berish imkoniyatlari haqida ma'lumot berdi. UNA rahbari O'zbekiston Milliy axborot agentligi (O'zA) va Tashqi ishlar vazirligining «Dunyo» AA bilan hamkorlik memorandumlarini imzolash muhimligini urg'uladi.

Muhammad Abd Rabbo Al-Yamiy O'zbekiston media-kompaniyalari va UNA o'rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan qator takliflarni, xususan, o'zbek jurnalistlari uchun amaliy mashg'ulotlar, media-tur va boshqa qo'shma loyihalarni tashkil etish bo'yicha takliflarni ilgari surdi.

Ma'lumot uchun, UNA 1972 yilda tashkil etilgan. Uyushmasining asosiy vazifasi IHT kundalik yangiliklarini onlayn platforma orqali arab, ingliz va frantsuz tillarida keng tarqatishdan iborat.

O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Turkiy davlatlar muftiylari Boku shahrida jamlanadi

13.09.2026   13943   1 min.
Turkiy davlatlar muftiylari Boku shahrida jamlanadi

Joriy yilning 13–16 sentyabr kunlari Ozarboyjon poytaxti Boku shahrida Turkiy davlatlar muftiylari kengashining navbatdagi VII yig‘ilishi hamda uning doirasidagi bir qator tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Yig‘inlarda turkiy dunyoning yetakchi din peshvolari – O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar, Kavkaz musulmonlari idorasi raisi, Shayxulislom Allohshukur Poshshozoda, Turkiya Diyonat ishlari boshqarmasi raisi Safi Arpagush, Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasi raisi, bosh muftiy Navro‘zbay hoji Tag‘anuli, Qirg‘iziston musulmonlari diniy nazorati raisi, muftiy Abdulaziz qori Zakirov, Turkmaniston muftiyci Rahmon Qurbonmurodov kabilar boshchiligidagi turkiy davlatlar ulamolaridan iborat delegatsiyalar ishtirok etadi.  

Mamlakatimiz delegatsiyasi safidan O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashi, Fatvo markazi, hududiy vakilliklar hamda oliy diniy ta’lim muassasalaridan vakillar joy olgan.

Tadbirlar doirasida ulamolar musulmon ummati uchun muhim bo‘lgan shar’iy masalalar, zamonaviy fatvolar va mushtarak tashabbuslarni muhokama qilib, yakuniy hujjatlarni imzolaydilar. Shuningdek, ilmiy-amaliy anjuman, ikki tomonlama muzokaralar hamda tabarruk qadamjolar ziyorati ham rejalashtirilgan.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari