Sayt test holatida ishlamoqda!
25 Noyabr, 2026   |   15 Jumadul soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
05:59
Quyosh
07:18
Peshin
12:15
Asr
15:16
Shom
17:00
Xufton
18:17
Bismillah
25 Noyabr, 2026, 15 Jumadul soni, 1448

Vahiy ila poklangan ayol!

18.12.2023   2044   1 min.
Vahiy ila poklangan ayol!

Hikoya qilinishicha, nasroniy ruhoniylaridan biri musulmonlarga ta'na etkazish uchun mo'minlarning onasi Oisha roziyallohu anho haqida “Odamlar uni o'ta yomon bo'hton bilan ayblashgandi, u rostdan ham pokmi yoki aybdormi, biz buni bilmaymiz”, debdi. Shu erda hozir bo'lgan musulmonlardan biri javob berib: “Ey bu, quloq sol!, bu erda zino bilan ayblangan ikki ayol bo'lib, ikkisini ham Qur'oni karim poklagan, birining eri bo'lmagan va u bola olib kelgan, ikkinchisining esa eri bo'lgan va unisi bilan birga bola kelmagan, – (bu ikkisidan Maryam va Oisha onalarimizni nazarda tutgan) – qaysi birlari ayblanishga munosibroq?, debdi. Ruhoniy lom-mim demay jim qolibdi.

Ba'zi muhaqqiq ulamolar aytganlar: “Yusuf alayhis salom fahsh bilan ayblangan paytda Alloh taolo uni beshikdagi go'dakning tili bilan aybdan poklab qo'ydi. Maryam (onamiz) fahsh bilan ayblanganda Alloh taolo uni ham Maryamning o'zining o'g'li Iyso alayhis salomning tili bilan poklab qo'ydi. Oisha onamiz fahsh bilan ayblanganda esa Alloh taolo uni O'zining Kitobida (ya'ni, Qur'oni karimda) aybdan poklab qo'ydi. Alloh taolo Oisha onamizni poklashda go'dakning yoki payg'ambarning poklashini ixtiyor qilmadi, balki uni tuhmat va bo'htonlardan Qur'oni karimda O'zi pokladi.

Qudratulloh Sidiqmetov tarjimasi

 

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Qardosh muftiylar hamkorlikni rivojlantirishni muhokama qildilar

25.11.2026   3259   1 min.
Qardosh muftiylar hamkorlikni rivojlantirishni muhokama qildilar

Turkiya safar davomida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari va Turkiya Diyonat ishlari boshqarmasi raisi, professor, doktor Safiy Arpagush o‘rtasida ikki tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muloqot avvalida Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari mezbonni Fatvo kengashlarining xalqaro maslahat yig‘ilishi yuksak saviyada va muvaffaqiyatli o‘tgani bilan muborakbod etdilar.

Muftiy hazratlari ikki qardosh mamlakat rahbarlarining sa’y-harakatlari tufayli o‘zaro hamkorlik munosabatlari tobora kengayib, ayniqsa, ulamolar o‘rtasidagi aloqalar yangi bosqichga ko‘tarilganini mamnuniyat bilan qayd etdilar. Shuningdek, mazkur nufuzli anjuman musulmon ummati oldida turgan dolzarb masalalarni muhokama qilish uchun muhim muloqot maydoni bo‘lgani, unda qabul qilingan bayonot va tavsiyalar barcha musulmon xalqlari uchun manfaatli bo‘lishi ta’kidlandi.

O‘z navbatida, professor, doktor Safiy Arpagush O‘zbekiston muftiysining xalqaro yig‘ilishdagi faol ishtiroki va sermazmun nutqi uchun katta minnatdorlik izhor etdi.

Ushbu maslahat yig‘ilishi ummat birligini mustahkamlash va zamonaviy muammolarga jamoaviy ijtihod asosida mo‘tadil yechim topishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlar ekan, hamkorlikda fatvolar ishlab chiqishni rivojlantirish, ularda ijtimoiy voqelikni hisobga olish, axborot asridagi fatvo tarqoqligining oldini olish maqsadida raqamli maydonda rasmiy fatvolarni keng yoyish hamda sun’iy intellektdan faqat tadqiqot vositasi sifatida foydalanib, uni fatvo berish manbaiga aylantirmaslik zarurligini alohida bayon etdi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

 

O'zbekiston yangiliklari