Sayt test holatida ishlamoqda!
15 Sentabr, 2026   |   4 Rabi`us soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:43
Quyosh
06:03
Peshin
12:18
Asr
16:43
Shom
18:37
Xufton
19:52
Bismillah
15 Sentabr, 2026, 4 Rabi`us soni, 1448

Kanadada yirik Halal Expo–2020 forumi bo'lib o'tadi

19.03.2022   2781   1 min.
Kanadada yirik Halal Expo–2020 forumi bo'lib o'tadi

Mazkur forum Shimoliy Amerikadagi eng yirik tadbir bo'lib, 2022 yilning 12-14 may kunlari tobora rivojlanib borayotgan halol bozorining eng faollarini yig'adi. Bu butun dunyo bo'ylab halol mahsulotlar, xizmatlarni sotib oluvchilar va etkazib beruvchilar uchun uchrashuv joyidir.
IQNA ma'lumotlariga ko'ra, Halal Expo–2020 Shimoliy Amerikada o'sib borayotgan halol bozoriga kirish eshigi sifatida baholanib, halol sanoatining eng yuqori sifatli mahsulotlari va xizmatlarini taklif etadi.
Mazkur ko'rgazmada unga to'rt mingdan ortiq kishi tashrif buyurib, 200 ta kompaniya oziq-ovqat, ichimliklardan tortib to dori-darmon va kosmetika, moliya, elektron tijorat, logistika, turizm va boshqa ko'plab mahsulotlarni taqdim etadi.
“Halal Expo Canada” forumi faqat Toronto, Ontarioda va Shimoliy Amerikadagi halol marketingning yagona biznes tadbiri (B2B) hisoblanadi.

O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Ozarbayjon prezidenti turkiy davlatlar muftiylarini qabul qildi

15.09.2026   7819   1 min.
Ozarbayjon prezidenti turkiy davlatlar muftiylarini qabul qildi

Bugun, 15 sentyabr kuni Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev Boku shahrida bo‘lib o‘tayotgan Turkiy davlatlar muftiylari yig‘ilishi va xalqaro anjumanning nufuzli ishtirokchilarini qabul qildi.

Samimiy va do‘stona ruhda o‘tgan muloqotda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari Ozarbayjon yetakchisiga Davlatimiz Rahbarining samimiy salomi va ezgu tilaklarini yetkazdilar.

Uchrashuvda qardosh davlat Rahbari nutq so‘zlab, xalqaro anjumanlarning ahamiyatiga to‘xtaldi. Muloqot chog‘ida so‘nggi yillarda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi strategik sheriklik va do‘stona aloqalar yangi bosqichga ko‘tarilgani alohida e’tirof etildi.

Turkiy davlatlar yetakchilarining qat’iy siyosiy irodasi va sa’y-harakatlari natijasida ilm-fan, ta’lim, madaniy-gumanitar hamda diniy-ma’rifiy jabhalarda hamkorlik jadal sur’atlarda rivojlanayotgani ta’kidlandi. Bu ezgu sa’y-harakatlar Diniy idoralar rahbarlarining mushtarak maqsadlar yo‘lida birlashishi, xalqlarimiz o‘rtasidagi qardoshlik rishtalarini yanada mustahkamlash, tinchlik-osoyishtalikni asrash hamda zamonning dolzarb masalalari bo‘yicha mushtarak fatvo va bayonotlar qabul qilishda muhim poydevor bo‘layotgani qayd etildi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari