Sayt test holatida ishlamoqda!
26 Noyabr, 2026   |   16 Jumadul soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
06:00
Quyosh
07:19
Peshin
12:15
Asr
15:15
Shom
16:59
Xufton
18:16
Bismillah
26 Noyabr, 2026, 16 Jumadul soni, 1448

Sizni hech kim to'xtata olmaydi!

05.12.2023   1059   3 min.
Sizni hech kim to'xtata olmaydi!

Bir yigit muvaffaqiyat sirini o'rganish maqsadida xitoylik hakimlardan biri oldiga boribdi. Unga debdiki: “Menga muvaffaqiyatning siri nima ekanini ayta olasizmi?”

Hakim bosiqlik bilan: “Muvaffaqiyat siri – undovchi sabablardir!”.

Yigit so'rabdi: “Undovchi sabablar qanday hosil bo'ladi?”.

Hakim: “Yongan istaklaringdan hosil bo'ladi!”.

Yigit hayron qolib so'rabdi: “Bunday istaklar bizda qanday yuzaga keladi?”.

Hakim bir-necha daqiqaga chiqib ketibdi va o'zi bilan suv to'la katta idish olib kelibdi, keyin yigitdan: “Sendan rostdan ham yongan istaklar qayerdan kelib chiqishini bilmoqchimisan?” deb so'rabdi.

Yig'it sabrsizlik bilan: “Ha, albatta”, debdi.

Hakim undan suvni oldiga yaqinlashib, unga qarashni so'rabdi. U yaqinga kelib qarabdi.

Hakim to'satdan ikki qo'li bilan uning boshini ushlab, suvga tiqibdi.

Bir-necha soniya yigit qimirlamabdi, keyin sekin boshini suvdan chiqarish uchun harakat qila boshlabdi. Nafas etishmay boshlagach qattiq harakat qilibdi va suvdan boshini chiqarib olibdi. Keyin hakimga qarab jahl bilan: “Bu nima qilganingiz?” debdi.

Hakim xotirjamligini yo'qotmagan holda, tabassum bilan: “Bu tajribadan nimani o'rganding?” deb so'rabdi.

Yigit: “Hech narsani o'rganmadim!”

Shunda hakim unga qarab aytibdiki: “Yo'q, bolajonim! Ko'p narsani o'rganding. Birinchi soniyalarda sen o'zingni suvdan qutqarmoqchi bo'lding, lekin sendagi sabablar buni qilishing uchun hali etarli emasdi.

Keyin harakat qilishni, qarshi chiqishni boshlading, lekin sekinlik bilan. Chunki sabablar hali eng yuqori darajaga etmagan edi.

Nihoyat, ichingda o'zingi qutqarish istagi yondi. Shu vaqtdagina sen yutding. Chunki bu vaqtda sening qarshiligingni hech narsa to'xtatolmasdi, qutilishga bo'lgan kuchli ishtiyoqing bilan har qanday qarshilikni enga oladigan holatda eding. Ha, bo'tam, biror ishni qilishga bo'lgan ishtiyoqing alanga olsa, seni hech kim to'xtata olmaydi”.

Yo'lingizda to'siqqa uchrasangiz, ortga chekinmang. Aksincha, uni buzib o'tish yoki ostidan yoxud ustidan oshib o'tish yo'lini axtaring!

Hayot bu inson o'z shaxsiyatini qidirish degani emas, balki inson o'z shaxsiyatini yaratishi demakdir!

Napaleon Bonapart shunday der ekan: “Agar osmono'par Alp tog'lari ildamlashda yo'limga g'ov bo'lsa, u holda ular erdan yo'qolsin!”.

Mashaqqat miqdoricha oliylikka erishiladi. Kim yuksaklik istasa tunlari bedor bo'lishi lozim. Mashaqqatsiz yuksaklikka erishaman degan odam umrini bekor o'tkazgan, bajarib bo'lmas ishga bag'ishlagan bo'ladi.

Doktor Hasson Shamsi Poshoning "Metin qoyalar" kitobidan

G'iyosiddin Habibulloh, Ne'matulloh Isomov tarjimasi.

 

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Dunyo e’tirofining bir namunasi

25.11.2026   13606   2 min.
Dunyo e’tirofining bir namunasi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi poytaxti O‘mon shahridagi Qirollik islom strategik tadqiqotlar markazi tomonidan har yili e’lon qilinadigan reytingda dunyoning eng nufuzli 50 nafar musulmoni ro‘yxatiga kiritildi.

Unda muhtaram Yurtboshimiz rahbarligida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, xalqaro hamkorlik va mintaqaviy diplomatiyani rivojlantirish, ta’lim va madaniyat sohalarini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, boy islomiy merosni asrab-avaylash va jahon miqyosida targ‘ib etish borasidagi sa’y-harakatlar alohida qayd etilgan.

Mazkur e’tirof Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan izchil islohotlar, xususan, diniy-ma’rifiy sohani rivojlantirish, milliy va diniy qadriyatlarni asrab-avaylash hamda bag‘rikenglik muhitini mustahkamlash borasidagi ishlar xalqaro miqyosda tan olinayotganining yana bir amaliy ifodasidir.

Zero, bugun mamlakatimizda haqiqatdan ham diniy-ma’rifiy sohani rivojlantirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, soha vakillarining ilmiy salohiyatini oshirish hamda xalqaro hamkorlikni kuchaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xalqaro islom akademiyasi, diniy ta’lim muassasalari, ilmiy maktab va markazlar faoliyati tobora kengayib bormoqda.

Ulug‘ allomalarning boy ilmiy merosini chuqur o‘rganish, tarixiy qadamjolarni obodonlashtirish, ziyorat turizmini rivojlantirish ishlari izchil davom etmoqda. Mamlakatimizda turli diniy konfessiyalarning erkin faoliyat yuritishi ta’minlanib, millatlararo va dinlararo totuvlikni mustahkamlash yo‘lida muntazam muloqotlar olib borilmoqda.

Namozlarni emin-erkin ado etish, hayit bayramlarini nishonlash, haj va umra ziyoratlarini tashkil etish uchun yaratilgan keng imkoniyatlar ham ushbu islohotlarning ajralmas qismiga aylangan.

Yurtboshimizning mana shunday e’tirofga sazovar bo‘lishlari yaxshilik amallarning bu olamda ham javobsiz qolmasligiga bir ishoradir. Zero Alloh taolo ham Qur’oni karimda shunday marhamat qilgan:

“Albatta, iymon keltirgan va solih amallarni qilganlarga Rohman (odamlar qalbida) muhabbat paydo qilur” (Maryam surasi, 96-oyat).

Inson Alloh roziligi uchun xayrli ish qilsa, Alloh uning yaxshiligini bandalari qalbiga solib qo‘yadi. Odamlar uni yaxshi ko‘rib, e’tirof etadi.

Mamlakatimiz rahbarining nafaqat mana shu yurt, xalq, balki boshqa xalqlar tinchligi, farovonligi yo‘lida qilayotgan beqiyos xayrli amallariga Alloh taolo ulkan ajr-mukofotlar ato etsin!  

 

 Zayniddin domla ESHONQULOV,

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari

Maqolalar