Avval xabar berganimizdek, Qirg‘iziston Respublikasi Bishkek shahrida Qur’on hofizlarining I Xalqaro Qur’oni karim musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Musobaqada O'zbekiston qorilari nomidan ishtirok etgan "Imom Buxoriy" nomli Toshkent islom instituti talabasi Habibulloh qori Olimjonov 11 ta mamlakatdan tashrif buyurgan qorilar orasida faxrli uchinchi o'ringa munosib ko‘rildi.
Mazkur xalqaro Qur‘on musobaqasining g‘oliblari bilan tanishing:
1. Birinchi o‘rin:
Ibrohim Mallabayev (Qirg'iziston)
2. Ikkinchi o'rin:
Usmon Zulpuxargaddiyev (Dog‘iston)
3. Uchinchi o'rin:
Habibulloh qori Olimjonov (O'zbekiston) va Imanali Mirzageldiyev (Qozog'iston).
Ҳасан Басрий раҳимаҳуллоҳ бир беморни кўргани келсалар, у тузалиб кетган экан. Шунда ўша кишига: "Аллоҳ сени ёд этибди, сен ҳам у зотни ёд этгин. Аллоҳ сени дарддан фориғ қилибди, у Зотга шукр қилгин. Билиб қўй, дарду балолар Маликул-Карим Аллоҳнинг савалайдиган қамчисидир. Бемор одам касалдан кейин ё чопқир отдек, ё кўп қоқиладиган асов эшакдек бўлади".