Сайт тест ҳолатида ишламоқда!
19 Август, 2026   |   6 Рабиъул аввал, 1448

Тошкент шаҳри
Бомдод
04:09
Қуёш
05:36
Пешин
12:27
Аср
17:16
Шом
19:21
Хуфтон
20:43
Bismillah
19 Август, 2026, 6 Рабиъул аввал, 1448

Akademiya rektori Qohirada o‘zbekistonlik talabalar bilan uchrashdi

06.12.2021   1306   1 min.
Akademiya rektori Qohirada o‘zbekistonlik talabalar bilan uchrashdi

 

Shu kunlarda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov hamda Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi xodimi I.Abdurahmonovlar Misr Arab Respublikasi poytaxti Qohira shahrida xizmat safarida bo‘lib turibdi.

Tashrifning ilk kuni yurtimiz delegatsiyasi a’zolari Misr Arab Respublikasida tahsil olayotgan 100 nafardan ziyod o‘zbekistonlik talabalar bilan uchrashdi.

“O‘zbekistonda diniy-ma’rifiy sohada olib borilayotgan islohotlar” mavzusida bo‘lib o‘tgan tadbirda Akademiya rektori Muzaffar Komilov so‘nggi yillarda yurtimizda diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlar, milliy an’ana va qadriyatlarimizni rivojlantirishga davlat tomonidan katta ahamiyat berilayotgani haqida so‘z yuritdi. Ulug‘ allomalarning ilmiy merosini chuqur o‘rganish, yoshlarni ilm-ma’rifatli etib tarbiyalash har bir mamlakatning ustuvor vazifasi ekanligini qayd etdi.

Samimiy muloqot davomida Muzaffar Komilov O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasidagi ta’lim va ilmiy faoliyatidagi yutuqlar haqida to‘xtalib o‘tdi. Talaba-yoshlarga tinchlik dini bo‘lgan islom dinining mazmun-mohiyati, yurtimizda tug‘ilib, dunyo tamadduni rivojiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk mutafakkirlarimizning bebaho ma’naviy merosini chuqur tadqiq etish, xalqaro darajadagi zamonaviy mutaxassis kadrlarni tarbiyalash Akademiyaning ustuvor maqsadi ekanligini ta’kidladi. O‘z navbatida Misr Arab Respublikasida tahsil olayotgan yoshlar ilm o‘rganish yo‘lida bardavom bo‘lib, yurtimiz rivoji yo‘lida xizmat qilishlari kerakligini qayd etdi.

Tadbir yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi. Uchrashuv ko‘tarinki kayfiyatda yakunlandi. 

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi delegatlarining Misr Arab Respublikasiga qilgan xizmat safarlari davom etmoqda.     

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Ўзбекистон янгиликлари
Бошқа мақолалар
Янгиликлар

Пахтачи туманида 60 нафар бола мактаб учун барча зарур нарсалар билан таъминланди

19.08.2026   10040   1 min.
Пахтачи туманида 60 нафар бола мактаб учун барча зарур нарсалар билан таъминланди

Уларга мактаб кийимлари, пойабзал ва рюкзаклар бепул берилди.

Хайрия акцияси Тошкўприк масжиди имоми Дониёр Матлабов ташаббуси билан ўтказилди, хабар бермоқда «Самаркандский вестник» нашри.

Масжид аҳли ва ҳомийлар кўмагида 35 та эҳтиёжманд оила фарзандлари учун янги ўқув йилига тайёргарлик кўриш учун барча зарур нарсалар харид қилинди. Совғалар мактаб ўқувчиларига топширилди.

Ўзбекистон мусулмонлари идораси Матбуот хизмати

Ўзбекистон янгиликлари