YANGI O‘ZBEKISTONDAGI OBOD MASJID VA ZIYORATGOHLAR
Mamlakatimizda 2100 dan ziyod masjidda 3200 ga yaqin imom-xatib va imom noiblar faoliyat yuritmoqda.
So‘nggi yillarda 110 dan ortiq yangi masjidlar ochildi, 400 dan ziyodi qayta bunyod etildi, 500 tasi ta’mirlandi.
Imom-xatiblar tomonidan 600 dan ortiq kitob, monografiya va risolalar nashr qilindi.
Yosh imom-xatib va imom noiblarni tajribali imom-xatib ustozlarga biriktirilib, “Ustoz-shogird” maktabi joriy etildi.
Respublikaning chegara tumanlaridagi aholi va uyushmagan yoshlar o‘rtasida ijtimoiy-ma’naviy va diniy vaziyatni sog‘lomlashtirish uchun 300 ga yaqin imom-xatiblar jalb qilingana bo‘lib, juma namozida ma’ruza qiladilar va aholi bilan 1000 dan ortiq ma’rifiy uchrashuvlar o‘tkazmoqdalar.
Ramazonda 2100 dan ziyod masjidlarda taroveh namozlari o‘qilib, 27 kunlik xatmi Qur’onlar qilinmoqda.
Ramazon oyida, hayit bayramlarida va boshqa muhim sanalarda tajribali va iqtidorli imom-xatiblar AQSH, Janubiy Koreya, Chexiya, Litva, Estoniya, Polsha, Germaniya, Nederlandiya, Norvegiya, Fransiya, Buyuk Britaniya va Rossiya kabi davlatlarga xizmat safarida bo‘lib, xorijdagi mingdan ziyod hamyurtlarimiz bilan uyarashib, muloqot qilmoqdalar.
Barcha masjidlarda har chorshanba kuni imom-xatiblar tomonidan fuqarolarni qabul qilish yo‘lga qo‘yilgan. Respublika bo‘yicha yiligi 100 mingdan ziyod aholini murojaatlari tinglanadi.
“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida diniy soha xodimlari tomonidan Respublikada 117 954 tup manzarali va mevali daraxtlar, 170 999 dona gul ko‘chatlari ekildi.
1771 ta masjidga quyosh panellari, 861 ta masjidga esa geleokollektorlar o‘rnatildi.
Xorijdagi yurtdoshlarimizga “Yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolgan shaxslar bilan ishlash bo‘yicha uslubiy qo‘llanma”, “500 savolga 500 javob”, “Tahoviy matnlarning tarjima va sharhi”, “Soxta salafiylar xatarlari!”, “Hizbut-tahrir fitnasidan ogoh bo‘laylik!” kabi kitob va risolalar tarqatilmoqda.