Butunjahon musulmonlar ligasi Expo 2020 Dubai ko'rgazmasidagi pavil'onida payg'ambarlar hayotiga bag'ishlangan ko'rgazma ochdi, deb xabar bermoqda ArabNews.
“Go'yo siz payg'ambarlarni ko'rayotgandek” deb nomlangan ko'rgazmada payg'ambarlar va nabiylarning tarjimai hollari, shuningdek, ular insoniyatga olib kelgan g'oyalar haqidagi ma'lumotlarni taqdim etish uchun eng so'nggi texnologiyalardan foydalanildi.
Qur'onda zikr qilingan 25 nafar payg'ambar va nabiy haqidagi ma'lumotlar arab, ingliz, frantsuz, ibroniy va indonez tillarida taqdim etiladi.
Ko'rgazmadan o'rin olgan “Insoniyatga sizning nomangiz” nomli interaktiv svetodiod devor irqiy tafovutlarni olib tashlash, salbiy madaniy ziddiyatlarni bartaraf etish hamda odamlarning erkinlikda yashash huquqi tushunchasini chuqurlashtirishga qaratilgan bo'lib, hamjihatlikda yashashning muhimligini ta'kidlaydi.
azon.uz
Bugun, 18 sentyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari Qoraqalpog‘iston Respublikasiga xizmat safari davomida Nukus shahridagi “Imom eshon Muhammad” jome masjidida juma namozini ado etdilar.
Muftiy hazratlari namozdan oldin jamoatga “Muruvvatli bo‘lish — oliy fazilat!” mavzusida manfaatli ma’ruza qilib berdilar.
Ma’ruzada ta’kidlanganidek, muruvvat — mehr-shafqat, saxovat va muhtojlarga yordam berish kabi eng go‘zal insoniy fazilatlardan sanaladi. O‘zini saxovatli deb bilgan inson o‘z manfaatini o‘zgalardan ustun qo‘ymasligi, keksalar holidan xabar olishi, yiqilganni suyash orqali qalban xotirjamlik topadi.
Shuningdek, bugungi tezkor zamonda bir-birimizga bag‘rikeng bo‘lish jamiyatda tinchlik, baraka hamda hamjihatlikni barqaror qilishi, ushbu oliy fazilatni o‘zimizda shakllantirib, farzandlarimizga meros qoldirish har birimizning burchimiz ekanligi alohida uqtirildi.
Fayzli suhbat yakunida yurtimizga tinchlik-omonlik va xonadonlarimizga baraka tilab xayrli duolar qilindi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati