— Bizning xo'rozimiz qo'shnilarni xo'rozidan ko'p qichqiradi. Ko'p yillar oldin bir odam hovlimizga kelib, hovlilaringni tozalanglar, jinlar joylashib olgan, degan edi. Ho'roz jinlarni ko'rsa ko'p qichqirishi rost-mi?
— Bu so'zlarni noto'g'riligini quyidagi hadis tasdiqlaydi.
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: “Vaqtiki xo'roz qichqirganini eshitsangiz Alloh taoloning fazlini so'rang, chunki xo'roz farishtani ko'rganda qichqiradi. Vaqtiki eshakni xangraganini eshitsangiz Allohdan panoh tilang, chunki eshak Shaytonni ko'rganda xangraydi”, deganlar. Demak, xo'roz qichqirgan paytda shumlanish o'rniga ushbu hadisda kelgan duoni aytishimiz lozimdir.
Muhammad Ayyub HOMIDOV
O‘tgan solihlardan qoida va meros bo‘lgan so‘z bor:
من رام العلم جملة ذهب عنه جملة
."Kimki ilmning hammasini birdaniga o‘rganishni istasa, ilmning hammasidan quruq qoladi"
Oz vaqtda ilmning hammasini o‘rganib olaman, deya xomtama bo‘lgan talaba, ilmning hammasidan bebahra qoladi. Hech narsaga erishmaydi.
Qur’oni karim Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga 23 yil davomida nozil bo‘lgan...
Imom Burhoniddin Marg‘inoniy rahimahulloh "Hidoya" asarini 13 yil mobaynida ro‘zador holda yozganlar...
Imom Buxoriy rahimahulloh "Sahihul Buxoriy"ni 16 yilda, tahorat olgan holda va ikki rakat nafl namoz o‘qib, yozganlar...
Ilm kitoblari harfma-harf va kalima-kalima izohlab o‘rganiladi. Igna bilan quduq qazishga sabr-toqat, oliy himmat, intizom va uzoq vaqt zarur. Shoshqaloqlik va puxtalik bir-biriga zid – hech qachon jamlanmaydi.
Muhtaram tolibi ilm! Ilmning boshi sabrdir: kitobga sabr qilasiz, ustozga sabr qilasiz, yashayotgan shahringizga sabr qilasiz, hamdarslaringizga sabr qilasiz va hokazo.
Ilm olish lazzatiga erishgach, sabr maqomidan rozilik va muhabbat maqomiga o‘tib olgach hayotingiz mazmuni kitob va ustozlar suhbatiga aylanadi.