Sayt test holatida ishlamoqda!
13 Iyul, 2025   |   18 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:20
Quyosh
05:01
Peshin
12:34
Asr
17:40
Shom
20:00
Xufton
21:33
Bismillah
13 Iyul, 2025, 18 Muharram, 1447

"Dinimiz fidoyilari" – qayta chop etishga zarurat tug'dirgan kitob...

16.11.2021   2312   5 min.

Olim va ma'rifatparvar inson Amirsaidxon Usmonxo'jayevning 2011 yilda nashr etilgan "Dinimiz fidoyilari" nomli kitobi vaqt sinovidan o'tib, yanada dolzarbroq bo'ldi.

Ortda qolgan davrda kitobning tez tarqalishi, butun dunyo va mamlakatimizda ro'y bergan keyingi ulkan hodisalar, kitobni yangi ma'lumot va xulosalar bilan to'ldirib, qayta chop etishga zarurat tug'dirdi.

Islom dinining yurtimizga kirib kelib, keng tarqalishi, musulmonchilikning qaror topishida kimlar fidoyilik ko'rsatganligini bilishimiz, ularning ibratli ishlarini davom ettirish bizning burchimizdir.

Amirsaidxon Usmonxo'jayevning tashabbusi va mehnatiyu saxovatpesha inson Anvarmirzo Husainovning homiyligida yaratilib, joriy yil 10 noyabrda O'zbekiston Halqaro Islom akademiyasida taqdim etilganligi, yangi kitobning ana shu maqsadga xizmat qilishi shubhasiz.

Ha, shayx Eshon Boboxon, shayx Ziyovuddinxon va muftiy Shamsuddinxon Boboxonovning yurtimizda islom dinini tiklash va rivojlantirish yo'lidagi ko'p yillik samarali mehnatlari yurt mavqeini mustahkamladi.

Chunki mintaqamiz, xususan O'zbekistonning islom dunyosidagi alohida o'rni, islom madaniyati, ilmu ma'rifatiga qo'shgan bebaho hissasi Mashrig'u Marg'ibda e'tirof etilgan.

O'rta Osiyo va Qozog'iston muftiysi vazifasini mohirlik bilan bajarib kelgan shayx Eshon Boboxon ibn Abdulmajidxon va keyinchalik shayx Ziyovuddinxon qorining bevosita ishtirokida tashkil topib, ular mohirlik bilan rahbarlik qilgan mintaqaviy diniy tuzilma (O'OQMDN, SADUM) millatlararo tashkilot sifatida faoliyat ko'rsatgandi. Kitobda bu haqda ko'plab ma'lumotlar berilgan.

Ayni paytda Eshon Boboxon ibn Abdulmajidxon va keyinchalik shayx Ziyovuddin mintaqamizdagi beshta respublika musulmonlarining muftiysi bo'lishgan.
Muhimi, ular bu mas'uliyatli vazifani ham a'lo darajada bajarganlar: yopilgan masjidlarni ochish, buzilib yotganlarni ta'mirlash, diniy tadbirlarni o'tkazish, fuqarolarning haj safarlariga ruxsat olib, bo'lajak hojilarni unga tayyorlash va muqaddas qadamjolarning ziyoratini risoladagiday o'tishini ta'minlash masalalari bilan shaxsan shug'ullanganlar.

O'rta Osiyo va Qozog'iston musulmonlari diniy idorasining uzoqni ko'ruvchi va kelajakni o'ylovchi rahbarlari – muftiy Boboxonovlarning ulkan xizmatlaridan yana biri diniy muassasalar (boshqaruv tuzilmalari va jome masjidlari) uchun kadrlarni tayyorlashning yo'lga qo'yilishi bo'ldi. Ularning tashabbusi va takliflari bilan qadimdan islomiy dinu ma'rifat o'chog'i, dini islom quvvati bo'lib kelgan Buxoro shahridagi Mir Arab madrasasi va Toshkentda Islom oliy institutining ochilishi bu sohadagi muhim qadamlar edi.

Bu ilmu fan o'choqlari nafaqat O'rta Osiyo va Qozog'iston, balki Rossiyaning Yevropa qismi va Sibir, Kavkazorti, Shimoliy Kavkaz diniy muassasalari uchun ham kadrlar tayyorladilar. Mazkur o'quv yurtlarini bitirib chiqqanlar orasida etuk mutaxassislar, diniy jamoalarning etakchilari, masalan, Chechenistonning sobiq rahbari, marhum Ahmad hoji Qodirov, Ozarboyjon muftiysi Poshsho-Zoda va boshqa taniqli din arboblarining borligi fikrimizni tasdiqlaydi.
Muftiy Boboxonovlar diniy-ma'rifiy, tashkiliy-muvofiqlashtirish, o'quv-tarbiya masalalari bilan birga xalqaro aloqalarni o'rnatish va rivojlantirishga ham e'tibor berardilar. Bunda ular, birinchidan, turli musulmon mamlakatlarida o'tkazilgan xalqaro anjumanlarda ishtirok etib, o'sha davrlarning dolzarb masalalari yuzasidan ma'ruza qilgan bo'lsa, ikkinchidan, ko'plab din va davlat arboblari bilan aloqa o'rnatdi. Ularning taklifiga binoan Ittifoq hukumati huzuridagi Diniy kengash qoshida Halqaro bo'lim tuzilib, shayx Ziyovuddinxon uning birinchi rahbari sifatida 20 yil ishladi.
Ulardan so'ng ushbu bo'limga Shamsuddinxon hazratlari rahbarlik qildi. Keyinchalik shunday bo'lim SADUM (O'OMDB)da ham tashkil qilindi. Muftiylar, shuningdek, qator respublika, butunittifoq va jahon tinchlikparvar tashkilotlarining a'zosi sifatida faoliyat ko'rsatib, ularning ommaviy tadbirlari va xalqaro konferentsiyalarida ishtirok etdi.

Sovet tinchlik qo'mitasi O'zbekiston bo'linmasining yig'ilishlaridan birida Ziyovuddinxon qorining islom dinini tinchlikparvarlik mohiyati, xalqimiz nima sababdan urushlarga qarshi ekanligini tushuntirgan.

Muftiy Boboxonovlar ishtiroki bilan o'sha davrlarda arab mamlakatlari va islom dini tarqalgan 80 ta davlat bilan mamlakatimiz o'rtasidagi munosabatlar yaxshilangan.

Ma'lumki, Ziyovuddinxon qori mamlakatimizning diplomatik aloqalarini kengaytirish va rivojlantirish ishiga bilvosita, Shamsuddinxon hazratlari esa 1994-1998 yillarda Misr Arab Respublikasida, 1998-2001 yillarda Saudiya Arabistoni Podsholigida va o'rindoshlik asosida Bahrayn, Jazoir, Iordaniya davlatlaridagi O'zbekiston Respublikasining favqulloda va muxtor elchisi bo'lib bevosita hissa qo'shdi.

Taqdimotdagi kitobda keltirilgan ko'plab faktlar asosida ishonch bilan aytish mumkinki, O'zbekistonning xalqaro maydonda nufuzli o'rin egallashida muftiy Boboxonovlar qo'shgan salmoqli hissa chindan ham tarixiy va umumjahon ahamiyatga molikdir.

 

Sobir QURBONOV,
tarix fanlari nomzodi, siyosatshunos

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Alloh kimni diniga xizmatchi qilgan bo‘lsa....

11.07.2025   5588   1 min.
Alloh kimni diniga xizmatchi qilgan bo‘lsa....

Alloh taolo aytadi: "Lekin Alloh ularning otlanishlarini yoqtirmay, tutib qoldi", (Tavba surasi, 46-oyat).

Alloh sizni din ishlariga xizmatchi qilib olgan bo‘lsa, demak, qalbingizga qarab, rozi bo‘libdi. Oddiy bir inson o‘z ishlarida uquvsiz kimsalarni ishlatgisi kelmaydi-ku, Alloh ishlatadi deysizmi? 

Allohning yo‘lidan uzoq bo‘lgan odam borki, albatta, Alloh uning ichidan boxabarligi uchun rozi bo‘lmagan. Mashhur odamlarga havas qilmang. Ular arzimagan ishlar bilan mashg‘ullar. Alloh ularni yaxshi ko‘rganida, o‘ziga xodim qilib olgan bo‘lardi. 

Zarracha savob ish qilmagan milliarderlarga havas bilan qaramang. Alloh ularni yaxshi ko‘rganida, ulardan yuz o‘girmagan bo‘lardi.

"Rasailu minal Qur’an" asaridan