Kunim bitib dunyodan o'tsam,
Man ham jannat ahlidan bo'lsam.
Boshlariga tojlar kiydirib,
Otam bilan jannatga kirsam!
Ikki dunyo meni degan zot,
Ikki dunyo g'amim egan zot,
Ko'rsatib men unga iltifot,
Onam bilan jannatga kirsam!
Kasal bo'lsam yo'qlab kelganim,
Yarim ko'nglim to'qlab kelganim,
Onamdan so'ng "ona" bilganim,
Opam bilan jannatga kirsam!
Yo'latmagan yonimga hech g'am,
Men uchun ming kuyungan odam,
Otamdan so'ng keyingi "otam",
Akam bilan jannatga kirsam!
U bo'lmasa ko'nglim doim kam,
Tatimaydi u siz davlat ham,
Tatirmidi ayting jannat ham!
Bolam bilan jannatga kirsam!
Doim meni etgan ming e'zoz,
Qilmagan hech biror e'tiroz,
Hurlar xafa bo'lmang iltimos,
Yorim bilan jannatga kirsam!
Bolalikdan chiqqanmiz yo'lga,
Chidaganmiz yomg'irga, do'lga,
Hatto, jonin tutqazgan qo'lga,
Do'stlar bilan jannatga kirsam!
Otamdan ham ortiq suyganim,
Onamdan ko'p yaxshi ko'rganim,
Mening suyuk bir payg'ambarim,
Rasul bilan jannatga kirsam!
Kechir meni, ey parvardigor,
Jannat so'rab, nodonlik qilsam,
Shunday mening niyatlarim bor,
Ular bilan jannatga kirsam!
Ular bilan jannatda yursam!
Jannatda birga bo'lishni istaganlaringizga yuboring!
Alloh taolo aytadi: "Lekin Alloh ularning otlanishlarini yoqtirmay, tutib qoldi", (Tavba surasi, 46-oyat).
Alloh sizni din ishlariga xizmatchi qilib olgan bo‘lsa, demak, qalbingizga qarab, rozi bo‘libdi. Oddiy bir inson o‘z ishlarida uquvsiz kimsalarni ishlatgisi kelmaydi-ku, Alloh ishlatadi deysizmi?
Allohning yo‘lidan uzoq bo‘lgan odam borki, albatta, Alloh uning ichidan boxabarligi uchun rozi bo‘lmagan. Mashhur odamlarga havas qilmang. Ular arzimagan ishlar bilan mashg‘ullar. Alloh ularni yaxshi ko‘rganida, o‘ziga xodim qilib olgan bo‘lardi.
Zarracha savob ish qilmagan milliarderlarga havas bilan qaramang. Alloh ularni yaxshi ko‘rganida, ulardan yuz o‘girmagan bo‘lardi.
"Rasailu minal Qur’an" asaridan