Ayni damda O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla Holiqnazarov hazratlari Andijon viloyatiga tashrif buyurib, viloyat bosh masjidi “Devonavoy” jomeida juma mav'izasini o'n minglab namozxonlarga qilib bermoqdalar.
Muftiy hazratning tashrifini eshitgan andijonlik mo'min-musulmonlar jome masjidga to'p-to'p bo'lib kelishmoqda.
? Muftiy hazratning suhbatlarini sayt va ijtimoiy tarmoqlarimiz orqali jonli efirda kuzatib borishingiz mumkin.
Youtube (https://youtu.be/5xneO3E2cas)
Facebook (https://www.facebook.com/muslimuzportal)
Instagram (http://www.instagram.com/muslimuzportali)
Telegram voice (https://t.me/muslimuzportal?voicechat)
? ITV (https://itv.uz/#!/concert/34)
(tas-ix)
O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Muslim.uz
@muslimuzportal | @mp3muslim | @diniysavollar
- Avvalo, ijtimoiy tarmoqlarga kirishdan maqsadingiz shunchaki vaqt o‘tkazish, ermak emas, balki boshqalarga manfaat ulashish, ulardan manfaat olish, ilmni oshirish, yaxshilikka chorlab, yomonlikdan qaytarish;
- Fahsh, harom, boshqalarga tegishli rasm va videolarini tarqatish tiyilish;
- Dinni, ulamolarni, shaxslarni, xalqlarni kamsitadigan, obro‘ to‘kishga qaratilgan maqola, rasm va videolarni post qilib qo‘ymang;
- Foydasiz tortishuvlarga kirishmang;
- Mish-mish aytuvchi, tarqatuvchi bo‘lmang! Ma’lumotlarni tarqatishdan oldin tekshirib, aniqlashtiring;
- Postlaringiz bilan odamlarga ilm-ma’rifat, yaxshilik ulashishga intiling va bu ishlarning barchasini Alloh taoloning roziligi uchun qiling;
- Yozayotgan, yuborayotgan, ulashayotgan har bir so‘zingiz oxiratda sizning zararingizga emas, foydangizga guvohlik beradigan so‘z bo‘lishiga diqqat qiling;
- Ijtimoiy tarmoqlardan me’yorida foydalaning! Ibodatni ado etish, oilaning nafaqasi, silai rahm, qo‘shniga yaxshilik qilish kabi zimmangizdagi mas’uliyatlaringizni unutib qo‘ymang;
- Postlarga “yoqdi” tugmasidan bosishdan oldin bu ish iymoningizga futur yetkazadimi yoki yo‘qmi, aniqlab oling! Gunoh bo‘lgan postlarga “yoqdi” tugmasini bosish iymonga salbiy ta’sir etadi;
- Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalaringizni oxiratda Alloh taoloning huzurida, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning oldilarida xijolat bo‘lib qolmaydigan tarzda yuriting!
Norin tumani “Abu Iso at-Termiziy” jome masjidi
imom-xatibi Maxmudov Yosinxon.
Manba: @SOFTALIMOTLAR