Sayt test holatida ishlamoqda!
15 Mart, 2026   |   26 Ramazon, 1447

Toshkent shahri
Tong
05:17
Quyosh
06:35
Peshin
12:37
Asr
16:42
Shom
18:33
Xufton
19:45
Bismillah
15 Mart, 2026, 26 Ramazon, 1447

Ko'chat ekish-ezgu an'ana

12.11.2021   2770   2 min.
Ko'chat ekish-ezgu an'ana

Muqaddas dinimizda ekin ekishlik ulug' va savobli amallardan xisoblanib, erni obod qilish masalasiga aloxida e'tibor berilgan. Ekilgan ko'chat va daraxtlar xamda o'simliklar doyimo Allox Taologa tasbix aytib turadi. Inson erning go'zalligini nafaqat asrab avaylashi, balki uning yanada gullab yashnashi uchun o'z xissasini qo'shmog'i lozim.  Atrof-muhitni muhofaza qilish, kelajak avlodga tabiiy boyliklarini bus-butun etkazish, ekologik muammolarni bartaraf etishga hissa qo'shish oldimizda turgan muhim vazifalardan biri hisoblanadi.Ko'chat ekish, dehqonchilik qilish fazilati va ahamiyati nechog'li ulug'dir, muborak kitoblar ko'chat ekuvchilarning Alloh dargohida erishadigan ajr-savoblaridan xabar beradi. Ushbu amal insonga nafaqat tirikligida, balki vafotidan so'ng ham manfaat etkazib turadi, ya'ni qiyomat kunigacha sadaqai joriy sifatida banda foydasiga xizmat qiladi.

Mo'min yaxshi niyat bilan ko'chat eksa ulug' ajr-savobga ega bo'ladi. Jobir (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: “Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam): “Qaysi musulmon ekin eksa, undan eyilsa unga sadaqa bo'ladi. O'g'irlangani ham uning uchun sadaqadir. Yirtqichlar egani ham uning uchun sadaqadir. Qushlar egani ham uning uchun sadaqadir. O'sha ekindan birortasi manfaat olsa uning uchun sadaqa bo'ladi”, dedilar” (Imom Muslim rivoyati). Hadisdan ko'chat ekish, dehqonchilik qilish nechog'lik ulug' va fazilatlik kasb ekani ma'lum bo'ladi. Ko'chat ekmoqchi bo'lgan kishi nafaqat o'zini, balki, yon atrofdagilar, kelajak avlodlarni ham manfaatini o'ylashi kerak. Bu amalning dehqonga nafaqat tirikligida, balki, vafotidan so'ng ham manfaati etib turadi.

Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) ummatlarini ko'chat o'tkazish va ekin ekishga targ'ib qilganlar. Anas ibn Molik (roziyallohi anhu)dan rivoyat qilinadi: “Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam): “Agar qiyomat bo'lib qolsa va birontangizning qo'lida xurmo daraxti bo'lsa, uni ekib qo'ysin”, dedilar (Imom Ahmad rivoyati).

Atrof muxitni muxofaza qilish, tabiatni, ekin va daraxtlarni asrab avaylash oldimizda turgan muxim vazifalardan biri xisoblanadi.

 

Yangiyo'l tuman “Imom Sulton”

jome masjidi imom xatibi Narzullayev Odiljon.

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Ismingizni aytishmaydi…

13.03.2026   7973   1 min.
Ismingizni aytishmaydi…

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Ibn Atoulloh Sakandariy rahimahulloh bunday deganlar:

“O‘zingni noma’lumlik yeriga ko‘m!” Odamlar e’tibori aldamchidir, bu shirin yolg‘on, shirin zahar kabi halok qilmasin, umringni yoqib kulini ko‘kka sovurmasin.

Vafot qilganingda "Jasad qani?", "Murda qayerda?" deyishadi. Ismingni aytishmaydi…

Janoza namozingni o‘qimoqchi bo‘lishganda "Tobutni hozirlanglar", deyishadi. Ismingni aytishmaydi…

Dafn qilishayotganda "Mayyitni olib kelinglar", deyishadi. Ismingni aytishmaydi…

Shunday ekan, qavming, mansabing, naslu nasabing seni aldab qo‘ymasin.