Keniyaning Lamu shahrida Muhammad Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam tavalludlariga bag'ishlangan Mavlid un-nabaviy festivali o'tkazildi. Bayramga 6000 nafar mehmon tashrif buyurdi. Mavlid Sharqiy Afrika qirg'oq hududlarida eng qadimgilaridan biri Ar-Riyod masjidida bo'lib o'tdi. Unda Marokash, Komor orollari, Tanzaniya va Ugandadan faxriy mehmonlar ishtirok etishi xabar qilindi.
Ilgari Rasulullohning tavalludlariga bag'ishlangan tadbirda 20 000 dan 30 000 nafargacha mehmonlar ishtirok egan. Bu yil COVID-19 bilan bog'liq vaziyat tufayli tashrif buyuruvchilar soni cheklangan.
Festival' davomida Lamu aholisi va mehmonlari bepul tibbiy lagerlardan foydalanishlari mumkin. Hizmatlar saraton uchun bepul ko'rikdan o'tish, katarakt jarrohlik operatsiyasi va qon bosimini tekshirishni o'z ichiga oladi.
Islam.ru xabar qilishicha, Mavlid un-nabaviy festivalining avj nuqtasi 4 noyabr' kuni bo'lib o'tdi. Bayram tanlovlar, futbol, elkanli qayiqda suzish musobaqalari, islom xattotlik ko'rgazmasi va namoyishni o'z ichiga oladi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Bugun, 18 sentyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari Qoraqalpog‘iston Respublikasiga xizmat safari davomida Nukus shahridagi “Imom eshon Muhammad” jome masjidida juma namozini ado etdilar.
Muftiy hazratlari namozdan oldin jamoatga “Muruvvatli bo‘lish — oliy fazilat!” mavzusida manfaatli ma’ruza qilib berdilar.
Ma’ruzada ta’kidlanganidek, muruvvat — mehr-shafqat, saxovat va muhtojlarga yordam berish kabi eng go‘zal insoniy fazilatlardan sanaladi. O‘zini saxovatli deb bilgan inson o‘z manfaatini o‘zgalardan ustun qo‘ymasligi, keksalar holidan xabar olishi, yiqilganni suyash orqali qalban xotirjamlik topadi.
Shuningdek, bugungi tezkor zamonda bir-birimizga bag‘rikeng bo‘lish jamiyatda tinchlik, baraka hamda hamjihatlikni barqaror qilishi, ushbu oliy fazilatni o‘zimizda shakllantirib, farzandlarimizga meros qoldirish har birimizning burchimiz ekanligi alohida uqtirildi.
Fayzli suhbat yakunida yurtimizga tinchlik-omonlik va xonadonlarimizga baraka tilab xayrli duolar qilindi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati