Sayt test holatida ishlamoqda!
13 Iyul, 2025   |   18 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:20
Quyosh
05:01
Peshin
12:34
Asr
17:40
Shom
20:00
Xufton
21:33
Bismillah
13 Iyul, 2025, 18 Muharram, 1447

Dinda savolim bor: Mayitni qabrga qo'ygandan keyin, qo'lga tuproq olib sochish shariatda bormi?

10.11.2021   4408   1 min.
Dinda savolim bor: Mayitni qabrga qo'ygandan keyin, qo'lga tuproq olib sochish shariatda bormi?

— Bizda mayitni qabrga qo'ygandan keyin yoshmi-qarimi, hamma odamlar qo'liga tuproq oladi-da qabr atrofida 3 marta aylanib, mayit ustidan tuproq sochishadi. O'zimcha bu ishlar inson tuproqdan yaratilgan, yana tuproqqa qaytadi, degan ma'noda qilinsa kerak, deb o'ylardim. Ammo shariatda bu bormi-yo'qmi, bilmas ekanman, shunga aniqlik kiritib bersangiz...

— Mayyit qabrining bosh tomonidan uch siqim tuproq tashlashi mustahabdir. Abu Hurayra roziallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir mayyitga namoz o'qidilar. So'ngra qabriga kelib, boshi tomonidan uch siqim tuproq tashladilar” (Imom Ahmad rivoyati). 

Avvalgisida (minhaa xalaqnaakum), ya'ni “Biz sizlarni undan yaratdik”, ikkinchisida (va fiyhaa nu'iydukum) - “Unga qaytarurmiz”, uchinchisida esa (va minhaa nuxrijukum taaratan uxro) - “Va sizlarni yana boshqatdan undan chiqarurmiz”, deydi. Bu “Toha” surasining 55-oyatidagi jumlalar bo'lib, oyatning to'lig'i quyidagicha:

﴿مِنْهَا خَلَقْنَاكُمْ وَفِيهَا نُعِيدُكُمْ وَمِنْهَا نُخْرِجُكُمْ تَارَةً أُخْرَى﴾

“Biz sizlarni undan (erdan) yaratdik, unga qaytarurmiz va (qiyomat kunida) sizlarni yana boshqatdan undan chiqarurmiz”. Vallohu a'lam!

Muhammad Ayyub HOMIDOV

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Majburlab erga berish durustmi?

11.07.2025   3255   1 min.
Majburlab erga berish durustmi?

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Savol: Ota-onam meni majburlab erga bermoqchi, bola bilan ko‘rishdim va ko‘nglim g‘ash bo‘lib qoldi. Keyin istixora o‘qishni boshladim va baribir ko‘nglim yumshamadi. Uydagilarga tushuntirdim, lekin meni eshitishmayapti. Men qanday yo‘l tutsam bo‘ladi?

Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Dinimizda xotin-qizlarni majburlab erga berishdan man qilingan. Zero, nikoh ikki tomonning roziligi bilan tuziladi. Juvon bo‘lsa, u bilan ochiqcha gaplashiladi, bokira bo‘lsa, undan izn so‘raladi. Bokira (rozilik alomatlari bilan) sukut qilsa, bu uning nikohga izn bergani bo‘ladi.

Barcha fiqhiy manbalarimizda kelin va kuyov o‘z roziligini bildirishi (iyjob va qabul) nikohning asosiy rukni ekani bayon qilingan. Kelin-kuyovdan biri nikohga rozi bo‘lmasa, nikoh durust bo‘lmaydi.

Ota-onaning vazifasi esa farzandini boylik, mansab yoki boshqa g‘arazlar sababli ko‘r-ko‘rona uylanish yoki erga tegishga majburlash emas. Balki farzandiga juft bo‘layotgan yigit yo qizning diyonati, xulq-odobiga va kasb-hunariga e’tibor qilishdir.

O‘z o‘rnida turmush qurayotgan farzand ham ota-onasining tavsiyalari o‘rinli bo‘lsa, qabul qilishi, qaysarlik qilmay ularning hayotiy tajribalaridan foydalanishi kerak.

Xotin-qizlarni majburlab erga berish holatlarida Payg‘ambarimiz alayhissalomning ayolga nikoh yo ajralishni tanlash ixtiyorini berganlari ma’lum. Hatto bir holatda qiz kambag‘al yigitni, ota-ona esa boy yigitni tanlaganida, u zot qizning ixtiyorini ustun qo‘yib: 


لم ير للمتحابين مثل النكاح
«Bir-birini yaxshi ko‘rganlar uchun nikohdan yaxshisi yo‘qdir", dedilar (Imom Ibn Moja rivoyati). Vallohu a’lam"

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.