"Chet tilidagi eng yaxshi fil'm" nominatsiyasida Turkiyadan nomzod Turkiya Madaniyat va turizm vazirligi Kinematografiya bosh boshqarmasi vakillari va kinematografiya sohasidagi professional tashkilotlar vakillaridan iborat komissiya tomonidan aniqlandi.
Taqdirlash marosimi 2022 yilning mart oyiga mo'ljallangan bo'lib, AQShda bo'lib o'tadi.
"Hasanning sadoqati" fil'mining jahon prem'erasi 74-Kann kinofestivalining "Alohida nuqtai nazar" dasturida bo'lib o'tdi. Fil'mda otasidan meros qolgan yurtga butun hayotini bag'ishlagan Hasan tarixi hikoya qilinadi. Musulmon kishi og'ir hayot yo'lini bosib o'tdi – muhabbat, xiyonat, mashaqqatli mehnat, o'z-o'zini qidirish. Hasan hayot ma'nosini, adolat va haqiqatni izlab Makkaga haj safariga boradi va o'tmishi bilan to'qnashganda ko'p savollarga javob topadi.
Islam.ru xabariga ko'ra, Kaplan Film va Sinehane tomonidan ishlab chiqarilgan fil'mda asosiy rollarni Umit Karadag, Filiz Bozok, Mahir Gunsiray ijro etdi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Bugun, 18 sentyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari Qoraqalpog‘iston Respublikasiga xizmat safari davomida Nukus shahridagi “Imom eshon Muhammad” jome masjidida juma namozini ado etdilar.
Muftiy hazratlari namozdan oldin jamoatga “Muruvvatli bo‘lish — oliy fazilat!” mavzusida manfaatli ma’ruza qilib berdilar.
Ma’ruzada ta’kidlanganidek, muruvvat — mehr-shafqat, saxovat va muhtojlarga yordam berish kabi eng go‘zal insoniy fazilatlardan sanaladi. O‘zini saxovatli deb bilgan inson o‘z manfaatini o‘zgalardan ustun qo‘ymasligi, keksalar holidan xabar olishi, yiqilganni suyash orqali qalban xotirjamlik topadi.
Shuningdek, bugungi tezkor zamonda bir-birimizga bag‘rikeng bo‘lish jamiyatda tinchlik, baraka hamda hamjihatlikni barqaror qilishi, ushbu oliy fazilatni o‘zimizda shakllantirib, farzandlarimizga meros qoldirish har birimizning burchimiz ekanligi alohida uqtirildi.
Fayzli suhbat yakunida yurtimizga tinchlik-omonlik va xonadonlarimizga baraka tilab xayrli duolar qilindi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati