Pokiston prezidenti Arif Alvi Karachidagi Jinna shahar "Islom bog'i"ni ochdi. Uning o'ziga xos xususiyatlardan biri - u erda Qur'onda zikr etilgan 22 ta o'simliklak ekilgan.
Ular orasida anjir, anor, zaytun, makkajo'xori, serbar bargli bir xil piyoz, sarimsoq piyoz, piyoz, yasmiq, bug'doy, zanjabil, qovoq, tarvuz, tamarind, kedr, uzum, banan, bodring va rayhon mavjud. Bundan tashqari, Pokistonning turli hududlariga qarashli bog'da 42 xil mevali o'simliklarni ko'rish mumkin. Bu guava, chiku, sharifa, xurmo, mango, jamun, tut, lazura, papayya, anor, fal'sa va boshqalarni o'z ichiga oladi.
Ijtimoiy xizmatlar jamoat birlashmasi prezidenti Sh.Omeri shahar istirohat bog'iga 5000 ga yaqin daraxt ekilganini ma'lum qildi.
Islam.ru xabariga ko'ra, Pokiston Prezidenti manfaatdor tomonlarni, jumladan, davlat va nodavlat tashkilotlarni atrof-muhit ifloslanishi muammosiga qarshi samarali kurashish uchun Karachida o'rmon qoplamini oshirish uchun birgalikda ishlashga chaqirdi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Buxoro viloyatida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash va ularning ko‘ngliga quvonch ulashishga qaratilgan xayriya tadbirlari davom etmoqda.
Xususan, joriy yilning 9 avgust kuni «Vaqf» xayriya jamoat fondi Buxoro viloyati filiali, hududdagi masjidlar xodimlari va saxovatpesha homiylar hamkorligida ehtiyojmand oilalarning 35 nafar farzandi uchun sunnat to‘ylari tashkil etildi.
Tadbir doirasida to‘ybolalarning har biriga 35 ta velosiped, 35 to‘plam o‘quv qurollari hamda yangi kostyum-shim, ko‘ylak va oyoq kiyimlar to‘plami tantanali ravishda topshirildi.
Tantanali marosimda so‘z olganlar bolajonlar va ularning ota-onalariga ezgu tilaklar bildirib, farzandlarni sog‘lom, barkamol va dinu diyonatli insonlar etib tarbiyalash, ularga munosib ta’lim berish eng muhim vazifalardan biri ekanini ta’kidladilar.
Dinimiz va xalqimizga xos bo‘lgan mehr-oqibat, saxovat va insonparvarlik fazilatlarining amaliy ifodasi bo‘lgan bu kabi xayrli tadbirlarni «Vaqf» fondi tomonidan izchil davom ettirish rejalashtirilgan.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati