“Ey imon keltirganlar!
Yoppasiga itoatga kirishingiz va
shaytonning izidan ergashmangiz!
Albatta u sizlarga aniq dushmandir”.
Qur'oni Karim
Baqara surasi 208 oyat
Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) – Yer yuzida tinchlikni va xavfsizlikni ta'minlash, davlatlarning va millatlarning o'zaro hamkorligini rivojlantirish maqsadida 1945 yil 24 oktyabrda fashizm ustidan g'alaba qozongan mustaqil davlatlarning ixtiyoriy birlashish asosida tuzilgan eng yirik xalqaro tashkilot.

1971 yilda BMT Bosh Assambleyasi o'z rezolyutsiyasida a'zo davlatlarga bu kunni bayram sifatida nishonlashni tavsiya qilgan.
BMT Ustavida ko'rsatilgandek, u xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlash, xalqlarning tenghuquqli bo'lishi va o'z taqdirini o'zi belgilashi qoidasiga amal qilib, millatlar o'rtasida do'stlik munosabatlarini rivojlantirishni, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy muammolarni xal etishda xalqlar o'rtasida hamkorlik bo'lishini ta'minlashni ko'zda tutib, shu umumiy maqsadlarga erishishda millatlar xarakatini uyg'unlashtirib turadigan markazi hisoblanadi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti tashkil topishi bilan inson va shaxs huquqlarini himoya qilishni xalqaro huquqiy tartibga solishni zamonaviy bosqichiga asos yaratildi va BMT Ustavida ta'kidlanganidek: “Biz, Birlashgan millatlar xalqlari, insonning asosiy huquqlariga, inson shaxsining qadr qimmatiga, erkak va ayollarning teng huquqlariga va katta-kichik millatlar huquqlarining tengligiga ishonchini qayta qaror toptirishga qat'iy axd qilib, Birlashgan Millatlar Tashkilotining ushbu Ustavini qabul qilishga va Birlashgan Millatlar Tashkilotini ta'sis qilishga rozilik berdik!”

Ayni mahalda Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a'zo davlatlar “Barcha davlatlar o'rtasida do'stona munosabatlarni rivojlantirish uchun ta'minlash uchun zarur bo'lgan tinchlik adovat va farovonlikning muhim ahamiyati hisoblanadigan inson huquqlari va asosiy erkinliklarining hurmat qilinishi va ularning yalpi ahamiyatini tan olish” majburiyatini o'z zimmalariga oldilar.
BMT Ustavi barcha davlatlar rioya etilishi shart bo'lgan yagona xalqaro hujjatdir.
O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so'ng – 1992 yilning 2 martida BMTga a'zo bo'ldi. Bugungi kunda er yuzida 270 dan ortiq mamlakat mavjud bo'lib, ulardan 193 tasi BMTga a'zo bo'lgan. Dunyodagi eng nufuzli tashkilot bo'lmish BMTning Bosh Assambleyasi binosi oldida O'zbekiston Respublikasining Davlat bayrog'i shu kuni 2 mart 1992 yildan beri yuqoriga samoga ko'tarilgan. 1993 yilning 24 avgustida BMTning Toshkentdagi vakolatxonasi ochildi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining va Birlashgan Millatlar Tashkilot taraqqiyot Dasturining O'zbekistondagi doimiy vakili xamda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoyishiga binoan O'zbekiston Respublikasining Birlashgan Millatlar Tashkiloti (N'yu-York shahri) dagi doimiy vakili faoliyat yuritadilar.

O'zbekiston Respublikasi BMTning tenghuquqli a'zosi sifatida bu eng nufuzli xalqaro tashkilotning maqsad va qoidalariga qat'iy amal qilib kelmoqda.
Inson huquqlari Umumjaxon deklaratsiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillikka erishgandan so'ng qo'shilgan birinchi xalqaro huquqiy hujjat bo'ldi va u tufayli O'zbekiston BMTning tegishli konventsiyaviy organlariga o'zining davriy milliy ma'ruzalarini muntazam ravishda taqdim etish orqali inson huquqlari soxasidagi xalqaro majburiyatlarni izchillik bilan va qatiy ravishda bajarib kelmoqda. Ularning tavsiyalarini bajarishda muhtaram Prezidentimizni raxnamoliklarida davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari, fuqarolikning o'zini-o'zi boshqarish organlari, ommaviy axborot vositalari va bevosita fuqarolarning o'zlari ham ishtirok etmoqdalar. Inson huquqlari Umumjaxon Deklaratsiyasining qoidalari O'zbekiston Respublikasi, insonning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquq va erkinliklarining ishonchli himoya qilishni ta'minlaydigan milliy qonunchilik me'yorlarida o'z ifodasini topgan.
1948 yil 10 dekabrda Bosh Assambleyasi Inson huquqlari Umumjaxon Deklaratsiyasini e'lon qildi va qabul qildi. “Har bir odam uchun insonning umumiy huquqlari ilk bor o'z ifodasini topgan ushbu hujjat bugungi kunda 360 dan ortiq tilda chop etilgan va jaxondagi eng ko'p tarjima qilinadigan hujjat hisoblanadi. Bu uning universal xususiyatga ega ekanligi va keng tarqalishidan dalolatdir. Mazkur hujjat ko'plab yangi, mustaqil davlatlar konstitutsiyalari va yangi demokratiyalar uchun namuna bo'lib xizmat qilmoqda, ongimizda ezgulik va yovuzlik xaqida fikr yuritish imkonini beradigan mezonga aylandi,” – deb tarifladi BMTning Bosh kotibi.

Ushbu deklaratsiya mustaqil O'zbekiston Respublikasi imzolagan eng birinchi xalqaro hujjatdir. 1991 yil 30 sentyabr'. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining “Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari” deb atalgan ikki bo'limi mazkur deklaratsiya talablariga to'la mos bo'lib, unda O'zbekiston Respublikasi barcha fuqarolari teng huquq va erkinliklarga ega bo'lishi, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqesidan qatiy nazar, qonun oldida tengligi ta'minlangan. Respublikamizda inson huquqlariga oid yuzdan ortiq qonunlar qabul qilingan va ular xalqaro me'yorlar va andozalarga muvofiqlashtirilgan.
BMT Bosh Assambleyasida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti muhtaram Prezidentimiz tomonlaridan mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlik muammolarini hal etish yo'l-yo'rig'i dunyo miqyosidagi muammolar bilan birga qo'shib ochib berildi. Hamda O'zbekistonning keng ko'lamli hamkorlikka oid hamma takliflarida uni BMT faoliyati va bu tashkilotning ixtisoslashgan muassasalari orqali amalga oshirish tamoyillari ilova qilindi.
Hammamizning xabarimiz bor, muhtaram Prezidentimiz o'z nutqlarida muborak Islom dinimizning asl insonparvarlik mohiyatini butun jahon jamoatchiligiga etkazish oldimizda turgan muhim vazifa ekanini alohida qayd etdilar.
Davlatimiz Rahbari BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida jaxonning eng yuqori minbaridan turib, mustaqil O'zbekiston tashqi siyosatining ma'naviy yo'nalishi insonparvarlik, insoniylik, oshkoralik, xurriyat, o'z imkoniyatlariga tayanish va insoniyatning yagona oilasida o'z taraqqiyot yo'liga ega bo'lishligini ta'kidlab, bayon qildilar.

Shuningdek, davlatimiz Rahbari aslida Islom dini ezgulik va tinchlikka, asl insoniy fazilatlarga rioya etishga da'vat etishini alohida ta'kidlab o'tdilar. Jumladan, muhtaram Prezidentimiz shunday dedilar: «Biz butun jahon jamoatchiligiga Islom dinining asl insonparvarlik mohiyatini etkazishni eng muhim vazifa, deb hisoblaymiz. Biz muqaddas dinimizni azaliy qadriyatlarimiz mujassamligining ifodasi sifatida behad qadrlaymiz. Biz muqaddas dinimizni zo'ravonlik va qon to'kish bilan bir qatorga qo'yadiganlarni qat'iy qoralaymiz va ular bilan hech qachon murosa qila olmaymiz. Islom dini bizni ezgulik va tinchlikka, asl insoniy fazilatlarni asrab-avaylashga da'vat etadi”.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) – tinchlikni va xalqaro xavfsizlikni qo'llab-quvvatlash, davlatlararo hamkorlikni rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan universal tashkilotdir.
BMT har bir insonni huquqlarini qo'llab-quvvatlash, kengaytirish va himoya qilish majburiyatini o'z zimmasiga olgan dunyodagi yagona tashkilot sifatida dunyoning “umumjahon parlamenti” sifatida kalendarning ma'lum bir kunini insoniyat uchun, xalq uchun, umumjamiyat uchun zarur bo'lgan masalalarga bag'ishlab qo'ygan.

“Dinlararo bag'rikenglik xaftasi”, “Saraton bilan kurashish xalqaro kuni”, “Halqaro ijtimoiy adolat kuni”, “Halqaro ona tili kuni” fevral' oyida. Mart oyida “Kamsitishga nol' kuni”, “Halqaro yovvoyi tabiat”, “Halqaro irqiy kamsitilishni bartaraf etish kuni”, “Irqchilik va irqiy kamsitilishlarga qarshi kurashayotgan xalqlar bilan birdamlik xaftasi”, “Halqaro sil kasalligiga qarshi kurashish kuni”, “Halqaro inson huquqlari poymol bo'lishida xaqiqatni o'rnatish kuni”. Aprel' oyida “xalqaro sport, tinchlik va taraqqiyot yo'lida kuni”, “Yo'l harakatlarida sodir etilgan xodisalarda xalok o'lganlarni xotiralash kuni”, iyun' oyida “Halqaro atrof muhitni muxofaza qilish kuni”, “Halqaro qochoqlar kuni”, “Giyohvandlikka qarshi kurashish kuni”, “Halqaro muruvvat kuni”, sentyabr' oyida “Halqaro tinchlik kuni” bo'lib deyarli 365 kun insonlarning turli muammolarini engillashtirishda, ba'zi muammolarni echilishida o'z samarasini bermoqda.

BMT o'z taraqqiyot dasturini amalga oshirishda dunyoning turli chekkalarida va er yuzining barcha mintaqalarida BMTning ko'plab ixtisoslashgan tashkilotlari va muassasalari orqali ham tinchlikni saqlashda, insonlar hayotidagi muammolarni bartaraf etishda salmoqli hissa qo'shib kelmoqda. Zero Birlashgan Millatlar Tashkilotining XIX ta boblaridagi 111 ta moddalarining barchalari ham er yuzida xalqlararo tinchlik va xavfsizlikni barpo etish bilan yo'g'irilgan.
BMT Ustavida ta'kidlangan xalqaro tinchlik va xavfsizlikni barpo etishda O'zbekiston Respublikasining hissasi beqiyos va betakror. Jannatmakon yurtimizni tinchligi, muqaddas Vatanimiz ravnaqi dono xalqimiz salomatligi va farovonligi uchun muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev raxnamoliklarida xukumatimiz, Diniy idoramiz rahbariyati tomonlaridan oqilona olib borilayotgan xayrli, savobli ishlarni amalga oshirish maqsadida viloyatlarimiz rahbarlari hamda shahar, tuman rahbarlarining boshchiliklarida mehnatkash xalqimiz ko'p ishlarni amalga oshirdi va shu olijanob islohotlar hali hamon bajarilib kelinmoqda... Bunga dunyo tan bermoqda...
Ibrohimjon INOMOV,
O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi o'rinbosari
Alloh taolo marhamat qilib bunday degan: “Biz Qiyomat kuni adolat tarozularini qo‘yamiz. Bas, hech bir jonga zulm qilinmas. Agar (amal) xantal donasicha bo‘lsa ham, uni keltiramiz. Biz o‘zimiz hisob-kitob qilishga kifoyadirmiz” (Anbiyo surasi, 47-oyat).
Bu oyatning zohiridan ma’lum bo‘ladiki, har bir insonning amallari uchun o‘ziga xos bir tarozi bo‘ladi: savob ishlar bir pallaga, gunoh ishlar ikkinchi pallaga qo‘yiladi. U tarozi adolat bilan ishlaydi, unda dunyo tarozilari kabi urib qolish, kamaytirib ko‘rsatish yo‘q.
Oyatdagi "xantal donasicha bo‘lsa ham, uni keltiramiz" degani — har qanday kichik amal ham hisobdan chetda qolmasligini anglatadi.
“Biz o‘zimiz hisob-kitob qilishga kifoyadirmiz” — ya’ni Allohning hisob-kitobi aniq va mukammal bo‘ladi.
Oysha roziyallohu anhodan rivoyat qilingan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday deganlar: “Allohning huzurida amallar yoziladigan daftarlar uch turli bo‘ladi. Bir daftar borki, Alloh unga e’tibor bermaydi, ikkinchi daftar borki, Alloh undan hech narsani qoldirmay hisob qiladi, uchinchi bir daftar borki, Alloh uni kechirmaydi.
Kechirilmaydigan daftar — shirk daftari. Alloh taolo bunday marhamat qilgan: “Kim Allohga shirk keltirsa, albatta Alloh unga jannatni harom qilur” (Moida surasi, 72-oyat).
E’tibor berilmaydigan daftar — insonning o‘z nafsiga nisbatan qilgan zulmi: ya’ni Robbisi bilan banda o‘rtasidagi haqlarda kamchilik qilish — namozni tark etish yoki ro‘zani tutishni qoldirish kabilar. Alloh xohlasa bunday gunohlarni kechiradi va afv etadi.
Biror narsasi qoldirilmaydigan daftar — insonlarning bir-biriga nisbatan zulm qilishi. Alloh u haqda albatta qasos oladi” (Imom Ahmad rivoyati).
Bu hadis odamlarning amallari qay tarzda baholanishini ko‘rsatuvchi ulkan me’yordir. Demak, odamlarning amallari uch toifada yoziladi:
1. Alloh e’tibor bermaydigan daftar — insonning o‘z nafsiga zulmi, ibodatdagi kamchiliklari.
2. Alloh hech narsani qoldirmaydigan daftar — insonning boshqalarga qilgan zulmi.
3. Alloh kechirmaydigan daftar — shirk va kufr, ya’ni Allohning sherigi bor deyish.
Bu uch daftarning ichida eng xavfli va eng dahshatlisi — shirk va kufr daftari, chunki u Allohni tanish, unga iymon keltirish va uni yagona deb bilish masalasiga ziddir. Insonning e’tiqodi butun umri va amaliga ta’sir ko‘rsatadi.
Undan keyingi eng og‘ir va xatarli daftar — odamlarning bir-biriga zulm qilishidir. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytganlaridek: “Qasos bo‘lmay qolmaydi” — ya’ni har bir zulm uchun albatta qasos bo‘ladi. Bu esa, Allohning huzurida zulmning qanchalik katta gunoh ekanini ko‘rsatadi. Alloh zulmni O‘ziga ham harom qilgan va bandalari o‘rtasida ham harom etgan. Shu sababli, boshqalarning haqi Qiyomat kunida mutlaqo yo‘qolib ketmaydi. Alloh taolo marhamat qiladi: “Alloh zolim qavmni hidoyat etmas” (Tavba surasi, 19-oyat), “U zolimlarni sevmaydi” (Sho‘ro surasi, 37-oyat), “Zolimlar najot topmaslar” (Yusuf surasi, 23-oyat).
Qur’onning barcha oyatlarida zulm — eng yomon razolat va eng katta gunoh sifatida ko‘rsatiladi. Shu sababli, barcha shariatlar zulmni yo‘qotish uchun, payg‘ambarlar adolatni qaror toptirish uchun yuborilganlar: “Biz Rasullarimizni aniq dalillar bilan yubordik va ular bilan birga Kitob hamda odamlar adolatni barpo qilishlari uchun tarozuni nozil qildik” (Hadid surasi, 25-oyat).
Zulm — faqat ijtimoiy muammo yoki odamlar o‘rtasidagi munosabatlarga oid masala emas. U keng ma’noda insonning Robbisiga qilgan zulmi, o‘ziga qilgan zulmi va atrofdagi mavjudotlarga qilgan zulmini ham o‘z ichiga oladi. Insonning Robbisiga zulm qilishi — eng og‘ir ma’siyatdir. Bu — kufr va shirkdir. Shuning uchun hazrati Luqmon o‘g‘liga nasihat qilib bunday deganlar: “Ey o‘g‘ilcham, Allohga shirk keltirma! Albatta shirk — juda katta zulmdir” (Luqmon surasi, 13-oyat).
Shirkning “katta zulm” deb atalishi sababi — u barcha haqlar ichidagi eng asosiysi — Allohning haqqiga taalluqli ekanidadir.
Homidjon qori ISHMATBЕKOV