Sayt test holatida ishlamoqda!
28 Yanvar, 2026   |   9 Sha`bon, 1447

Toshkent shahri
Tong
06:17
Quyosh
07:38
Peshin
12:41
Asr
15:53
Shom
17:38
Xufton
18:53
Bismillah
28 Yanvar, 2026, 9 Sha`bon, 1447

Toshkentda islom bankchiligi va moliyasi bo'yicha xalqaro forum boshlandi

22.10.2021   1821   1 min.
Toshkentda islom bankchiligi va moliyasi bo'yicha xalqaro forum boshlandi

Toshkentda “MDH mamlakatlari II Islom bankchiligi va moliyasi forumi” bugun o'z ishini boshladi. Bu haqda O'zbekiston banklari assotsiatsiyasi axborot xizmati xabar tarqatdi.

Forumda yigirmadan ortiq davlatlardan kelgan mutaxassislar ishtirok etmoqda. Tadbir “AlHuda” islom bankchiligi va iqtisodiyoti markazi va Hususiy sektorni rivojlantirish bo'yicha Islom korporatsiyasi tashabbusi bilan O'zbekiston banklari assotsiatsiyasi va qator tashkilotlar ko'magida o'tkazilmoqda.

Tadbirdan ko'zlangan asosiy maqsad MDH mamlakatlaridagi iqtisodiy bozorni o'rganish, mintaqadagi islom bankchiligi va moliya sohasidagi tendentsiyalar, imkoniyatlar va sohadagi uchrayotgan qiyinchiliklarni tahlil etishdan iboratdir.

Forum doirasida 22-23 oktyabr' kunlari O'zbekiston banklari assotsiatsiyasi binosida islom bankchiligi, takaful va islom mikromoliyasi mavzulariga bag'ishlangan ikki kunlik maxsus intensiv seminar trening tashkil etiladi.

Ma'lumot uchun: “AlHuda” markazi 15 yildan beri islom bankchiligi va moliyasini targ'ib etib kelmoqda. Horijiy tashkilotning asosiy maqsadi foizsiz bank xizmatlarini ko'rsatishdir. Hozirda dunyoning etmishdan ortiq mamlakatlarida aynan ushbu markazda ta'lim olgan bitiruvchilar ish olib bormoqda.

 

azon.uz

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

UZBEKISTAN2030.UZ: Strategiya muhokamasida ishtirok eting!

27.01.2026   5187   1 min.
UZBEKISTAN2030.UZ: Strategiya muhokamasida ishtirok eting!

"O‘zbekiston – 2030" strategiyasining takomillashtirilgan loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgani ma’lum qilingan edi. 

Aholining faol ishtiroki bilan bu Strategiya xalqchil strategiyaga aylanmoqda. 

Salkam bir oy davomida 3 ming 200 dan ziyod fikr-mulohazalar kelib tushdi. Jumladan, notarial xizmatlarni onlayn tarzda ko‘rsatish ulushini amaldagi 5 foizdan 30 foizga yetkazish to‘g‘risidagi taklif Strategiya loyihasiga kiritildi. 

Jamoatchilik muhokamasi ertaga, 28 yanvar kuni yakunlanadi. Taklif bildirishga ulgurib qoling!

➡️uzbekistan2030.uz 
➡️regulation.gov.uz 

O'zbekiston yangiliklari