Misr Prezidenti Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam tug'ilgan kunlari bilan musulmonlarni tabrikladi.
Misr Prezidenti Abdul Fattoh As-Sisiy misrliklar, arablar va musulmonlarni Twitter sahifasida Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning tug'ilgan kunlari bilan tabrikladi, deya xabar bermoqda Ahram online nashri. Abdul Fattoh As-Sisiy o'z tabrigida bunday deb yozgan edi: "Misr xalqini, arab va Islom xalqlarini u zotning tug'ilishlari insoniyat tarixida burilish nuqtasi bo'lgan haqiqiy Payg'ambarimizning tavallud topgan yilligi bilan chin qalbimdan tabriklayman. Allohning salomi va rahmati Muhammad sollallohu alayhi vasallamga bo'lsin. Bu muborak ayyomda Misrni, arab va Islom xalqlarini barcha yomonliklardan himoya qilishini Allohdan duo qilib qolaman".
Islam.ru xabariga ko'ra, avvalroq As-Sisiy va Misrning boshqa amaldorlari Mavlidi nabiy Rasululloh sollollohu alayhi vasallamning tavallud topgan kunlarini nishonlashda ishtirok etgan edilar.
O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati