Qirg'iziston muftiysi Zamir hoji Rakiyev muftiy Nuriddin domla Holiqnazarov hazratlariga tabrik yo'lladi. Unda jumladan shunday deyiladi:
– Qirg'izistonning barcha musulmonlari, Qirg'iziston musulmonlari diniy idorasi va shaxsan o'z nomimdan chin dildan Sizni O'zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashining kengaytirilgan yig'ilishida yuqori va juda muhim lavozim O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy lavozimiga saylanganingiz bilan tabriklayman.
Biz uchun ushbu xushxabar barcha birodar O'zbekiston musulmonlari uchun samimiy quvonch bo'lib xizmat qiladi va Alloh taoloning marhamati bilan an'anaviy Islom qadriyatlariga asoslangan butun O'zbekiston xalqining diniy-ahloqiy tinchlik-xotirjamligi va farovonligi yo'lidagi sa'y-harakatlaringizda U Zotning eng ezgu niyatlari va ishonchini oqlay olishingiz borasida bizda shunday ishonch uyg'otadi.
Nafaqat O'zbekistonda, balki butun dunyo bo'yicha haqiqiy Islomni mustahkamlash tarixida o'zining juda muhim izini qoldirgan O'zbekistoning barcha musulmonlari hayotida tinchlik va ma'naviy boylikning gullab-yashnashi yo'lida ergashish uchun yaxshi namuna bo'lib xizmat qiluvchi ahamiyati va muhimligi bo'yicha Sizning samimiy mehnatingiz va sa'y-harakatlaringiz, Sizning yuqori darajadagi diniy madaniyatingiz va ma'rifatliligingiz aynan Sizni butun qardosh O'zbekiston diniy idorasining eng yuqori lavozimiga saylash borasidagi O'zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashining kengaytirilgan yig'ilishi qaroriga asos bo'lib xizmat qildi.
Bundan tashqari, Sizning yuqori darajadagi ma'rifatliligingiz, shuningdek diniy idorada xizmat qilishning boy va bebaho tajribangiz jamiki qardosh O'zbekiston musulmonlariga foyda keltiruvchi yana ko'plab rejalar, keng ko'lamli loyihalarni qiyinchiliksiz hayotga tadbiq etishga xizmat qiladi va mamlakatlarimiz diniy idoralari o'rtasidagi samimiy o'zaro munosabat va qo'llab-quvvatlash hamda mustahkam hamkorlikni yanada kuchaytiradi.
Zamir hoji Rakiyev,
Qirg'iziston muftiysi
#xabar #Islom_sivilizatsiyasi_forumi #buxoro
Tashrif davomida mehmon o‘zlari tahsil olgan qutlug‘ ilm dargohida yaratilgan zamonaviy sharoitlar, ta’lim jarayoni hamda keyingi yillarda amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, ustozlar bilan samimiy muloqot qilib, talaba yillariga oid iliq xotiralari bilan o‘rtoqlashdi.
Shayxulislom Ollohshukur Poshshozoda 1968–1973 yillarda Mir Arab madrasasida tahsil olgan bo‘lib, keyinchalik Toshkent Islom institutini tamomlagan. 1979 yildan buyon Kavkaz musulmonlari idorasi raisi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. Shuningdek, u xalqaro diniy tashkilotlar va maslahat kengashlarining faol a’zolaridan biri hisoblanadi.
Tashrif chog‘ida Shayxulislom O‘zbekistonda diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, tarixiy obidalar va muqaddas qadamjolarni asrab-avaylash, ta’lim muassasalarini rivojlantirish yo‘lidagi sa’y-harakatlarni yuksak baholadi.
U kishi bu yurtda ustozlaridan nafaqat diniy ilm, balki hayot saboqlarini ham olganini alohida ta’kidlab, Mir Arab madrasasi va boshqa muqaddas maskanlarda amalga oshirilgan obodonlashtirish ishlari davlatning din va milliy merosga bo‘lgan yuksak e’tiborining amaliy ifodasi ekanini qayd etdi.
Tashrif yakunida Mir Arab madrasasi jamoasi mehmonga samimiy tashakkur izhor qilib, mazkur uchrashuv ustozlar va talabalar uchun unutilmas ma’naviy-ma’rifiy muloqot bo‘lganini ta’kidladi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati