Allohga shukrki, Qur'oni karimga muxlis xalqimizning istaklarini inobatga olgan holda olis hududlarda ham “Qur'oni karim va tajvid” kurslari ochilmoqda.
Hozirgi kunga qadar o'lkamizning 20 ta hududida mana shunday kurslar faoliyat olib bormoqda, bitiruvchilar soni 21 mingdan oshib ketdi.
Mana shunday ulug' ishlarning uzviy davomi sifatida 2021 yil 22 oktyabr', muborak juma kuni Jizzax viloyatining Zomin tumanida yangi “Qur'oni karim va tajvid” o'quv kursi ish boshlamoqda.
Ochilish marosimida fayzli suhbatlar va go'zal qiroatlar bo'ladi. Mo'min-musulmonlarimizni mana shunday chiroyli tadbirga lutfan taklif etamiz.
Ushbu ochilish jarayoni sayt va ijtimoiy tarmoqlarimiz orqali onlayn efirga uzatiladi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Bismillahir Rohmanir Rohiym
حدثنا الحسن بن علي بن عفان العامري نا أبو أسامة عن الأعمش عن شقيق قال: كنت جالسا مع عبد الله وأبي موسى وهما يتحدثان فقالا: قال رسول الله صلى الله عليه وعلى آله وسلم: ”إن بين يدي الساعة أياما يرفع فيهن العلم وينزل فيهن الجهل ويظهر فيهن الهرج والهرج: القتل.“
Shaqiq roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Abdulloh va Abu Muso bilan birga o‘tirgan edim, ular gaplashayotgan edilar, bunday deyishdi: Rasululloh sollallohu alayhi va ’alaa olihi vasallam: “Qiyomat oldidan shunday kunlar bo‘ladiki, unda ilm ko‘tarilib, jaholat yog‘iladi, harj zohir bo‘ladi, harj – qatldir”, deganlar.
Abu Said Haysam ibn Kulayb Shoshiyning
“Musnadi Shoshiy” asaridan
Davron NURMUHAMMAD tarjimasi