Avval xabar berganimizdek, 21 oktyabr' kuni poytaxt imom-xatiblari yig'ilishida Toshkent shahri bosh imom-xatibi vazifasiga tayinlangan Rahmatulloh domla Sayfuddinovga Yunusobod tumanidagi “Minor” jome masjidi imom-xatibi vazifasi ham yuklatildi.
Bugun O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla Holiqnazarov hazratlari peshin namozida Rahmatulloh domla Sayfuddinovni “Minor” jome masjidi imom-xatibi sifatida namozxonlarga tanishtirdilar va ish faoliyatlariga xayrli duolar qildilar.
Hozirga qadar “Minor” jome masjidi imom-xatibi vazifasida ishlab kelayotgan Foziljon domla Ubaydullayev Yunusobod tumani Bodomzor dahasidagi “Mirza Yusuf” jome masjidi imom-xatibi vazifasiga o'tkazildi.
Alloh taolodan ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.
O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Savol: Namozga “Allohu akbar”, deb quloq qoqishda “Allohu akbar” dagi “r” ga kelganda ikki qo‘lni bosh barmog‘i quloq yumshog‘iga tegiziladimi? Shunday deb, eshitdim.
Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Namozga kirishda avval ikki qo‘lni yuqoriga ko‘tarib, bosh barmoqlarni quloqning yumshoq joyiga tegiziladi. So‘ng “Allohu akbar”, deb, namozga kirishiladi.
Bu haqida Faqih Abu Ja’far rahimahulloh bunday zikr qilganlar: “Ikki kaftini ichki taraflari bilan qiblaga yuzlanadi va panjalari yozadi hamda qo‘llarini yuqoriga ko‘taradi. Qachonki, ikki bosh barmog‘i ikki quloqlarining yumshoq joylariga tegsa, “Allohu akbar” deb namozga shuru’ qiladi.
Shamsulaimma Saraxsiy rahimahullohga ko‘ra, barcha mashoyixlar shunga ittifoq qilganlar (“Muhiyt” kitobi). Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.