Sayt test holatida ishlamoqda!
14 Iyul, 2025   |   19 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:21
Quyosh
05:02
Peshin
12:34
Asr
17:40
Shom
19:59
Xufton
21:33
Bismillah
14 Iyul, 2025, 19 Muharram, 1447

Rasulullohning sunnatlarida dunyo va oxirat uchun foydalar bor (6-qism)

21.10.2021   1509   2 min.
Rasulullohning sunnatlarida dunyo va oxirat uchun foydalar bor (6-qism)

 

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Sizlardan birortangiz uyqudan tursa, burnini uch marta qoqib tashlasin, zero shayton uning dimog'i tunagan bo'ladi”, dedilar (Imom Buxoriy, Imom Muslim rivoyati).

Doktor Mustafo Shahota aytadi: “Burun bo'shlig'ida mikroblarning bir necha turlari paydo bo'ladi va rivojlanadi. Har kuni tahoratda burun bo'shlig'ining yuvilishi, uning yallig'lanishi va mikroblarning ko'payishini ketkizadi”.

Qarang, bu juda ham oson, ammo savobi ulkan, gunohlarni ketkazuvchi, jannatga etkazuvchi bo'lgan amaldir. Lekin dangasaligimiz, beparvoligimiz oqibatida bunga e'tibor bermaymiz, amal qilmaymiz. Ko'pchiligimiz hatto bilmaymiz ham. Avval bilmasak, endi bilib oldik. Endi bilganimizga amal qilaylik va boshqalarga ham etkazaylik. Zero, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sunnatlarini yoyilishiga xizmat qilish u zotga bo'lgan muhabbat va ehtiromning yuksak namunasi hisoblanadi. U zot sollallohu alayhi vasallam sunnatlarini aniqlik bilan etkazganlarning haqqiga: “Mening gapimni eshitib, yodlab, singdirib, so'ngra etkazgan odamni Alloh ne'matlantirsin”, deb duo qilganlar (Imom Termiziy rivoyati).

Alloh taolo barchamizga har bir ishda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sunnatlariga amal qilishimizga tavfiq ato etsin, omiyn!

 

Davron NURMUHAMMAD

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Sloveniyadagi Qur’on musobaqasi 1000 dan ortiq ishtirokchini birlashtirdi

14.07.2025   164   1 min.
Sloveniyadagi Qur’on musobaqasi 1000 dan ortiq ishtirokchini birlashtirdi

Sloveniya poytaxtidagi Islom madaniyati markazida o‘tkaziladigan ushbu tadbir mamlakatdagi eng muhim islomiy yig‘inlardan biri bo‘lib, turli yoshdagi talabalar, ota-onalar va arabshunoslik bo‘yicha o‘qituvchilarni jalb qildi.

 

Bu yilgi tanlov «Qur’on va sunnatda musulmonning axloqi» mavzusidagi sakkizta yo‘nalish bo‘yicha o‘tkazildi. Ishtirokchilar Qur’oni Karimning ma’lum suralarini yod olish, siyrat va sahobalar hayoti, Islom arkonlari va odob-axloqi bo‘yicha bellashdilar.

 

Tadbir har yili Sloveniyadagi Islom hamjamiyati tomonidan o‘tkaziladi, unda mamlakat bo‘ylab 18 ta Qur’on o‘rganish markazlari ishtirok etadi. Bu markazlarda har hafta Qur’on yod olish, Nabiy alayhissalom siyratlari va axloqiy ta’limotlar bo‘yicha darslar o‘tkaziladi.

 

#yangilik 

@quranuz_kanali

Dunyo yangiliklari