Joriy yilning 27 oktyabr kuni Xushnudbek.uz telegram platformasida talabalar o‘rtasida umumiy qiymati 400 million so‘mlik ta’lim granti tanlovi e’lon qilingan edi. Ushbu loyihaning asosiy maqsadi – ta’limga investitsiya kiritish, iqtidorli, bilimga chanqoq va maqsadli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning kelajakdagi ta’lim hamda kasbiy rivojlanishiga ko‘mak berishga qaratilgan.
Tanlovda respublikaning turli oliy ta’lim muassasalaridan 3000 dan ortiq iqtidorli talabalari qatnashdi. Quvonarlisi, mazkur loyiha doirasida Mir Arab oliy madrasasining 2-bosqich talabasi Dilshod Norboyev ham muvaffaqiyatli ishtirok etib, ta’lim grantini sohibi bo‘ldi. Bu yutuq uning mehnatsevarligi, izlanishlari va ilmga bo‘lgan yuksak intilishining amaliy natijasidir.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati