Sayt test holatida ishlamoqda!
19 Noyabr, 2025   |   28 Jumadul avval, 1447

Toshkent shahri
Tong
05:53
Quyosh
07:16
Peshin
12:13
Asr
15:20
Shom
17:05
Xufton
18:21
Bismillah
19 Noyabr, 2025, 28 Jumadul avval, 1447

Tilga ehtirom – elga ehtirom

21.10.2021   2068   4 min.
Tilga  ehtirom – elga ehtirom

 

Vatanimiz  mustaqillikka erishgach ona tilimiz o'zining xaqiqiy o'rni va mavqeiga ega bo'ldi.O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida davlat tilining maqomi xuquqiy jixatdan mustaxkamlab qo'yildi.O'zbekiston Respublikasining "Davlat  tili to'g'risida"gi  qonunining  qabul qilinishi ona tilimizning taraqqiyoti, rivojlanishi hamda o'ziga xos va boy bisotini namoyish etishga keng imkoniyat yaratdi.Shu tariqa o'zbek tili mustaqil davlatimizning Bayrog'i,Gerbi,Madhiyasi,Konstitutsiyasi qatorida turadigan, qonun yo'li bilan ximoya qilinadigan muqaddas timsollaridan biriga aylandi. Istiqlol sharofati bilan tilimizga, uning sayqal topishiga e'tibor yanada ortdi. Til - inson qiyofasi va ichki go'zalligini namoyon etadigan eng go'zal tuyg'udir. O'z tiliga mehr-muhubbatli inson xalqini, Vatanini, milliy qadriyatlarini, madaniy merosini ham e'zozlaydi. Bejizga bundan besh asr ilgari Alisher Navoiy bobomiz "Tilga e'tiborsiz - elga e'tiborsiz" deya yozmagan.

O'zbek  tili dunyodagi qadimiy, go'zal va boy tillardan biri hisoblanadi. Tilning beqiyos  imkoniyatlari  qadimgi  toshbitiklarda, xalqimizning zamonlar sinovidan o'tib  kelayotgan maqol va hikmatli so'zlari, betakror  iboralari, dostonlarida,  shoir va yozuvchilarimiz  asarlarida  yaqqol ko'rish  mumkin. Mahmud Qoshg'ariyning "Devoni lug'atit turk" kitobi, Ahmad Yassaviyning  hikmatlari, Alisher Navoiyning "Hamsa"si, Zahiriddin Muhammad Boburning "Boburnoma"si, Abdulla Qodiriyning betakror  romanlari, Cho'lpon, Abdulla Oripov, Muhammad Yusuflarning o'tli she'riyati ona tilimizda  yozilgan  bebaho durdonalardir.Tilimizdagi  hayo, ibo, andisha, oriyat, mehr-oqibat so'zlarini  boshqa  tilga aynan tarjima  qilib bo'lmaydi. Ularni faqat o'zbek tilida ifodalash mumkin. Chunki bu tushunchalar  xalqimizga xos va ularni  aytishga  faqat  shu til  qodirdir.Bizning  ona tilimiz dunyodagi uch mingga yaqin til  orasida turkiy tillar oilasiga mansub  bo'lib, jonli  til sifatida  qipchoq, qarluq, o'g'iz  lahjalarida  namoyon bo'ladi. O'zbek  adabiy tili esa  ana  shu lahjalardagi  so'zlarning  ma'lum  bir me'yoriga  keltirilgan  shaklidir. U  muttasil o'sib, rivojlanib bormoqda. Uning rivojida so'z  mulkining sultoni  Alisher Navoiyning xizmatlari  beqiyosdir. Hazrat  Navoiy  til  xaqida  shunday  yozadilar: "Ko'ngil  xazinasining  qulfi  tildir. Ul  xazinaning  kalitidin so'z bil".

O'z ona tilimizga bo'lgan muhabbatni xalqimizning, odamlarning samimiy suhbatlarida, yuksak axloqiy fazilatlarida ko'rib, beixtiyor shunday el farzandi ekanligimizdan faxrlanamiz.

Til madaniyat ko'zgusi va ruhimizning qanoti. Biz ona tilimiz orqali xalqlar, millat va elatlar orasida hamisha aziz-u mukarram ekanligimizniaslounutmasligimizkerak. O'zbekonalutf, muomala, milliyqadriyatlar, odob-axloqesa ona tilimizmadaniyatiningkalitidir.

Tongdek  orombaxsh, quyoshdek  nurli, ona og'ushidek  issiq, bahordek tarovatli, yozdek  haroratli, kuzdek saxovatli, qish  qorlaridek  beg'ubor tuyg'ularimizning tarjimoni bo'lgan, millatimiz ruhini ifoda etuvchi ona tilimiz, bizni yuksak ma'naviyatga, ma'rifatga, madaniyatga, istiqlolu istiqbolga etaklovchi bebaho ne'matdir. Shu bois ham har birimiz ona tilimizni asrabavaylashimiz, e'zozlashimiz lozim. Zotan, tilimizga e'tiborli bo'lsak, millatimiz qalbi  ona tilimiz hech qachon zavol topmaydi.

Donishmand ota-bobolarimiz azaldan nutq madaniyatiga katta e'tibor berishgan. Ular qoldirgan asarlarni o'qir ekanmiz, har bir so'z o'z o'rnida qo'llanganiga guvoh bo'lamiz. So'z hissini doimo bilib yashashimiz, ona tilimizni asrab-avaylab, uni e'zozlashimiz har birimizning zimmamizga katta mas'uliyat yuklaydi.Millatning va milliy adabiyotning mavjudlik sharti bo'lgan ona tilimiz taqdiri uchun kuyinish, uning ravnaqi uchun barcha imkoniyatlarni safarbar etish har birimizning burchimizdir.

Odiljon Narzullayev

Yangiyul tumani  "IMOM  SULTON’’ jome masjidi

imom-xatibi

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Sayyor yig‘ilishlar doirasida

19.11.2025   951   1 min.
Sayyor yig‘ilishlar doirasida

Samarqand tumanida ma’naviyat, mehr-shafqat va xayr-saxovat ruhi bilan yodda qolarli sayyor yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilish avvalida viloyat bosh imom-xatibi o‘rinbosari Xayrullo domla Sattorov ishchi guruh a’zolari bilan uchrashib, sayyor tadbirlarni mazmunli va samarali o‘tkazish bo‘yicha muhim ko‘rsatma va tavsiyalar berdi.

Shundan so‘ng tumanning Mergancha mahallasidagi bemori va nogironi bor xonadonlarga kirilib, moddi-ma’naviy ko‘maklashildi. Samimiy muloqot va xayrli duolar qilindi.

***

Urgut tumanida o‘tkazilgan navbatdagi sayyor yig‘ilish doirasida “Xo‘ja Ubaydullo” jome masjidi hududi yanada ziyoratbop, ko‘rkam maskanga aylandi. Samarqand viloyati imom-xatiblari ishtiroki bilan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida manzarali va mevali ko‘chatlar ekilib, masjid atrofiga yana bir bor fayz va baraka o‘rnatildi.

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam ham ummatlarini yerni obod qilishga, ko‘chat ekishga, tabiatni asrashga da’vat etganlar. Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Nabiy alayhissalom: Qiyomat qoim bo‘layotgan bo‘lsa ham, qo‘lingizda xurmo ko‘chati bo‘lsa, uni eking”, deya tavsiya qilganlar (Imom Ahmad rivoyati).

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Sayyor yig‘ilishlar doirasida Sayyor yig‘ilishlar doirasida Sayyor yig‘ilishlar doirasida Sayyor yig‘ilishlar doirasida Sayyor yig‘ilishlar doirasida Sayyor yig‘ilishlar doirasida