Tojikiston islom markazi raisi, muftiy Saidmukarram Abduqodirzoda 2021 yil 19 oktyabr' kuni Ulamolari Kengashida saylangan Diniy idora raisi, muftiy Nuriddin domla Holiqnazarov hazratlariga tabrik yo'lladi. Unda jumladan shunday deyiladi:
– Sizning mas'uliyatli lavozim – O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy etib saylanganingiz munosabati bilan bizning samimiy tabriklarimizni qabul qilgaysiz. Tojikiston mo'min-musulmonlari, ziyolilari Sizni yirik olim va mutafakkir, iste'dodli tashkilotchi va musulmon qavmining birligi, uning a'zolarining bir-biriga bo'lgan muhabbatiga oid katta tadbirlarning tashabbuskori sifatida bilishadi.
Sizga eng avvalo sog'-salomatlik, bizning davlatlarimiz xalqlari va diniy muassasalari o'rtasidagi do'stlik va hamkorlikni mustahkamlash yo'lida katta muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.
Katta hurmat bilan,
Saidmukarram ABDUKODIRZODA,
Tojikiston Respublikasi Islom markazi raisi, muftiy
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Indoneziyaning yangi tayinlangan elchisi Siti Ruhaini Juhayatinni qabul qildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
"Indoneziyaning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan Elchisi Siti Ruhaini Juhayatin xonimdan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildik, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – Siyosiy muloqotdan tortib iqtisodiy diplomatiyagacha bo‘lgan barcha sohalarda ikki tomonlama aloqalar jadal rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan ta’kidladik. Shubhasiz, O‘zbekiston-Indoneziya o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirish uchun ko‘plab sohalarda keng imkoniyatlar mavjud.
Elchi xonimning boy tajribasini qadrlaymiz va mamlakatimizdagi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz".
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Indoneziya o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar 1992 yil 23 iyunda o‘rnatilgan. O‘zbekistonning ushbu mamlakatdagi yangi elchisi Oybek Eshonov 2024 yilning 4 noyabr kuni Indoneziya Prezidenti Subianto Prabovoga ishonch yorliqlarini topshirgan edi.
"Dunyo" AA olgan surat