Allohga shukrki, mamlakatimiz taraqqqiyotining yangi davrida masjidlar ochish, jomelarni qayta bunyod etish va mavjudlarini go'zal holatga keltirish borasida juda katta ishlar qilinmoqda.
Ana shunday ishlarning uzviy davomi sifatida Qashqadaryo viloyati Qamashi tumani «Qishliq» hamda Koson tumani «Beshgumbaz» jome masjidlari davlat ro'yxatidan o'tkazilib, ish faoliyatini boshladi.
Ma'lumot uchun, Qashqadaryo viloyatidagi masjidlar soni 184 taga etdi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday dedilar: «(Umrida) aslo yaxshilik qilmagan bir kishi o‘z ahliga: «O‘lsam, (jasadimni) kuydirib, yarmini quruqlikka, yarmini dengizga sochib yuboringlar. Allohga qasamki, agar Alloh meni topib olsa, hech kimga bermagan azobi bilan azoblaydi», dedi.
O‘sha odam o‘lgach, buyurganidek qilishdi. Alloh quruqlikka buyurdi, u (kulning) o‘zidagi qismini to‘pladi, so‘ng dengizga buyurdi, u ham uning o‘zidagi qismini to‘pladi. Keyin U Zot: «Nega bunday qilding?» dedi. U: «Sendan qo‘rqqanimdan, yo Robbim! Axir O‘zing bilguvchisan!» dedi. Shunda Alloh uni mag‘firat qildi» (Imom Muslim rivoyati).