O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Qashqadaryo va Buxoro viloyatlariga tashriflari mobaynida o'tkazilgan yig'ilish bayonining 5-bandida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan Qashqadaryo viloyatida faoliyat yuritayotgan diniy soha xodimlarini "Abu Muin Nasafiy" mujmuasiga tashrifi bo'yicha reja ishlab chiqilib, mazkur reja asosida Qarshi shahar, Mirishkor, Koson, Qarshi tumanidagi jome masjid imom-xatiblari va Qarshi tumanida faoliyat ko'rsatib kelayotgan otinoyilar Qarshi tumani, Qovchin qishlog'ida joylashgan kalom ilmining mashhur allomasi, mutafakkir ulug' bobokalonimiz Abu Muin Nasafiy hazratlarining maqbaralarini ziyorat qilib, Qur'on tilovati hamda duoi xayrlar qilishdi va ruhlariga bag'ishlandi.
Shuningdek, ziyorat asnosida imom-xatiblar va otinoyilar "Abu Muin Nasafiy" mujmuasidagi muzey, kutubxona bilan yaqindan tanishdilar.
O'MI Qashqadaryo viloyat vakilligi
Matbuot xizmati
O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi Qashqadaryo viloyati vakilligi "Haj va Umra" tadbirlarini tashkil etish masalalari bo‘yicha mutaxassis Kamoliddin Temirovning padari buzrukvori Abdunazar otaning vafoti munosabati bilan u kishining yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etadi.
Oxirat safariga kuzatilgan otaxon el koriga yaraydigan, dinu diyonat yo‘lida xizmat qiladigan farzand va nevaralarni o‘stirdilar, chiroyli tarbiya qildilar.
Alloh taolo marhum otaxonning barcha solih amallarini o‘zlariga hamroh aylab, O‘z mag‘firatiga olsin. Haq taolo marhum otaxonning yaqinlari, farzandu arjumandlariga chiroyli sabr berib, bu musibatlariga ajru mukofotlar ato etsin.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi, ulamolari, imom-domlalari va o‘qituvchi-mudarrislari nomidan Kamoliddin hoji Temirovga, u kishining oila a’zolari, yor-birodarlari, yaqinlariga hamdardlik bildiramiz.
Innaa lillaahi va innaa ilayhi roji’uun.
«Musibat yetganda «Albatta, biz Allohnikimiz va albatta, biz Unga qaytuvchimiz», degan sabrlilarga xushxabar bering».
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Muslim.uz