Sayt test holatida ishlamoqda!
20 Noyabr, 2025   |   29 Jumadul avval, 1447

Toshkent shahri
Tong
05:54
Quyosh
07:17
Peshin
12:14
Asr
15:19
Shom
17:04
Xufton
18:20
Bismillah
20 Noyabr, 2025, 29 Jumadul avval, 1447

Misrdagi “Al-Azhar ovozi” gazetasida Imom Buxoriy markazi haqida maqola e'lon qilindi

20.10.2021   1306   2 min.
Misrdagi “Al-Azhar ovozi” gazetasida Imom Buxoriy markazi haqida maqola e'lon qilindi

Misr Arab Respublikasidagi Al-Azhar universiteti “Al-Azhar ovozi” gazetasining 2021 yil 13 oktyabrdagi sonida “Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi - ilmiy merosni asrashning bardavom strategiyasi” nomli maqola e'lon qilindi.


Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori o'rinbosari Otabek Muhammadiyev muallifligida chop etilgan ushbu maqolada buyuk vatandoshimiz, hadis ilmining sultoni Imom Buxoriy hamda yurtimizdan etishib chiqqan ulug' mutafakkir va allomalarning boy merosi, ularning jahon tsivilizatsiyasi, ilm-fan taraqqiyoti rivojiga qo'shgan bebaho hissasini chuqur tadqiq etish va keng targ'ib qilish, shuningdek, xalqaro miqyosdagi ma'naviy-ma'rifiy muloqot va hamkorlikni kuchaytirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida tashkil etilgan Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi faoliyati haqida so'z yuritilgan.


Hususan, markaz ilmiy xodimlar tomonidan tomonidan qisqa vaqt ichida 56 ta kitob va risola, ilmiy jurnal va to'plamlarda 482 ta maqola chop etilgani, respublika va xalqaro miqiyosda o'tkazilgan konferentsiya va simpoziumlarda 331 ta ma'ruza o'qilgani qayd etilgan.


“Horijiy mamalakatlar fondlarida saqlanayotgan 1168 ta qo'lyozma va tosh bosma asarlarning elektron nusxalari jamlandi. Misrdan 130 mingdan ortiq noyob qo'lyozmalarning elektron nusxalari olindi. “Al-Furqon” fondidan qo'lyozmalarga oid 117 ta katolog olib kelindi. Markazda saqlanayotgan 553 ta asarning katalogi tayyorlandi”, deyiladi maqolada.


O'zA xabariga ko'ra, islom olamining nufuzli nashrlaridan biri hisoblangan “Al-Azhar ovozi” gazetasi haftaning chorshanba kuni Misr Arab Respublikasi Bosh imomi, “Al-Azhar” diniy majmuasi rahbari, doktor Shayx Ahmad Muhammad Toyyib homiyligida chop etiladi.
Nashrga Misrning sobiq Bosh imomi, marhum Muhammad Sayyid Tantoviy tomonidan asos solingan. Gazetaning ilk soni 1999 yilning oktyabr' oyida bosmadan chiqqan.

O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Videolar

Isrofgarchilik va dabdababozlikda xayr yo‘q

20.11.2025   1032   1 min.

Ustoz Jobir domla Elov, Buxoro viloyati bosh imom-xatibi, Mir Arab oliy madrasasi rektori

VIDEO