frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null

Dinda savolim bor: Egizaklarga Fotima va Zuhra, Hasan va Husan deb ism qo'yishga ko'rsatma bor-mi?

20.10.2021   3974   1 min.
Dinda savolim bor: Egizaklarga Fotima va Zuhra, Hasan va Husan deb ism qo'yishga ko'rsatma bor-mi?

— Egizaklarga Fotima va Zuhra, Hasan va Husan deb ism qo'yish odati bor. Shu ismlarni qo'yishga shariatimizda biror ko'rsatma bor-mi?

— Egizaklarga boshqa ma'noli ismlarni ham qo'yish mumkin. Qolaversa, Hasan va Husayn roziyallohu anhumo egizak bo'lishmagan. Oralarida deyarli bir yosh farq bo'lgan.

 

Muhammad Ayyub HOMIDOV

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Ota-onaning haqqiga qilinadigan duo

02.07.2026   14768   1 min.
Ota-onaning haqqiga qilinadigan duo

رَبِّ ارْحَمْهُمَا كَمَا رَبَّيَانِي صَغِيرًا

O‘qilishi: Robbirhamhumaa kamaa Robbayaaniy sog‘iyro

Ma’nosi: "Robbim! Meni (ular) go‘daklik chog‘imda tarbiyalaganlaridek, Sen ham ularga rahm qilgin!" (Isro surasi, 24-oyat).

رَبَّنَا اغْفِرْ لِي وَلِوَالِدَيَّ وَلِلْمُؤْمِنِينَ يَوْمَ يَقُومُ الْحِسَابُ

O‘qilishi: "Robbanag‘fir liy va li vaalidayya va lilmuminiyna yavma yaquumul hisaab".

Ma’nosi: "Robbimiz! Hisob-kitob qilinadigan (qiyomat) kuni meni, ota-onamni va (barcha) mo‘minlarni mag‘firat qilgin!" (Ibrohim surasi, 41-oyat).

Davron NURMUHAMMAD