frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null

MUFTIY SAYLANDI

19.10.2021   16443   1 min.
MUFTIY SAYLANDI

2021 yil 19 oktyabr' kuni O'zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashining kengaytirilgan yig'ilishi bo'lib o'tdi. Unda tashkiliy masala ko'rildi, Toshkent shahri bosh imom-xatibi sifatida ishlab kelayotgan Nuriddin domla Holiqnazarov O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy lavozimiga saylandilar.
Nuriddin domla Holiqnazarov 1968 yilda Andijon viloyati Asaka shahrida tug'ilganlar. 1992 yilda Buxoro viloyatidagi Mir Arab madrasasi, 1998 yilda Imom Buxoriy nomli Toshkent islom institutini, 2007 yilda esa Farg'ona davlat universitetini tamomlaganlar.
Ish faoliyatlari davomida Asaka shahridagi “Ahmadali Maxdum” masjidi imom-xatibi, Toshkent shahri “Oq tepa” jome masjidi imom-xatibi, poytaxtdagi “Ko'kaldosh”, Andijon viloyatidagi “Sayyid Muhyiddin maxdum” madrasalari o'qituvchisi, Andijon viloyati bosh imom-xatibi va 2019 yildan shu kunga qadar Toshkent shahar bosh imom-xatibi vazifalarida mehnat qilayotgan edilar.
Alloh taolodan Nuriddin domla Holiqnazarovga ushbu sharafli va mas'uliyatli vazifada ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.

O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Xorazmda diniy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari boshlandi

07.08.2026   20285   1 min.
Xorazmda diniy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari boshlandi

Bugun, 7 avgust kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy va o‘rta maxsus diniy ta’lim muassasalariga 2026-2027 o‘quv yili uchun 4-hudud — Xorazm viloyati bo‘yicha kirish test sinovlariga start berildi. 
 

Imtihonlar Urganch tumanidagi Bilim va malakalarni baholash agentligining Xorazm viloyati bo‘limi binosida yuqori saviyada tashkil etilmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur hudud bo‘yicha test sinovlarida jami 289 nafar abituriyent ishtirok etishi belgilangan.


Mazkur jarayonlarning ochiq, adolatli va tasdiqlangan nizomlar asosida o‘tishini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston musulmonlari idorasi rahbariyati, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita mas’ullari, diniy ta’lim muassasalari rahbarlari, soha mutaxassislari hamda mustaqil kuzatuvchilar jalb etilgan.


Manzil: Urganch tumani, Yuqoriovul QFY, Yuqorido‘rmon MFY. Murojaat uchun telefon: +99 899 775 93 45

 

Qabul jarayonlari bo‘yicha rasmiy kanal: t.me/qabulmuslimuz

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

 

Xorazmda diniy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari boshlandi Xorazmda diniy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari boshlandi Xorazmda diniy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari boshlandi Xorazmda diniy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari boshlandi Xorazmda diniy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari boshlandi
O'zbekiston yangiliklari