Sidney masjidlari COVID-19ga qarshi juda uzoq izolyatsiyadan keyin namozxonlarni kutib olish uchun o'z eshiklarini ochgandan keyin juma kuni hamma quvonch hissiga to'ldi.
Lakembe va Kabramatte masjidlarini boshqarayotgan Livan musulmonlar uyushmasining boshqaruv kengashi a'zosi Mayen Aklning aytishicha," tasavvur qilganingizdek, jamoa bunday qarorni kutib turgan edi", - xabar bermoqda The Guardian.
"Mo'minlarning qalbi ularning ibodat joylari bilan bog'liq bo'lib, ko'proq darajada islom jamoasi bilan bir kunda besh vaqt namoz o'qishga to'g'ri keladi va masjidni Allohning uyi deb biladi", - deydi u.
Islam.ru xabar berishicha, Lakembe masjidi faqat emlangan odamlar uchun ochishga qaror qilgan bo'lsa-da, boshqa masjidlar emlangan va emlanmagan namozxonlarni qabul qilgunga qadar ikki hafta kutishga qaror qildi.
Avvalroq Avstraliya fatvo Kengashi koronavirus vaktsinalari haqida fatvo berib, unda Pfizer va AstraZeneca vaktsinalari musulmonlar uchun halol deb e'lon qilingan edi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Oisha roziyallohu anho aytadilar: "Nabiy sollallohu alayhi vasallamning mehrlari ortib turganini ko‘rgan vaqtimda u zotga: "Yo Rasululloh, Allohga men uchun duo qiling!", dedim.
U zot alayhissalom: "Allohim, Oishaning oldingi va keyingi, oshkorayu maxfiy gunohlarini mag‘firat qilgin!" deb duo qildilar.
Oisha roziyallohu anho juda xursand bo‘lib, kula boshladilar.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Duoim seni quvontirib yubordimi?" dedilar.
Oisha roziyallohu anho: "Axir qanday qilib duoingiz quvontirmasin, albatta xursand bo‘ldim!" dedilar.
U zot alayhissalom: "Allohga qasamki, ushbu duoni ummatim uchun har namozimda so‘rayman", dedilar (Ibn Hibbon rivoyati).