Bugun, 18 oktyabr', dushanba kuni soat 20:00 da fayzli ulamolar, ziynat qorilar va xushovoz nashidxonlar ishtirokidagi “Qalbimiz va hayotimiz Siz ila, yo Rasulalloh!” nomli onlayn siyrat suhbatlari taqdim etiladi.
Hazrati Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasalam siyratlari mo'min-musulmonlarning imon-ixlosiga chinakam ozuqa. Agar kishining imoni komil bo'lsa, Rasuli Akramga bo'lgan muhabbat ham ziyoda bo'ladi.
Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Sizlardan birortalaringiz meni farzandidan, ota-onasidan va odamlarning barchasidan ko'ra, ko'proq yaxshi ko'rmaguncha haqiqiy mo'min bo'lolmaydi”, deganlar. Demak, imon komil bo'lishi uchun Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni ota-onamizdan ham, bolalarimizdan ham, jamiki odamlardan, hatto o'zimizdan ham ko'proq yaxshi ko'rishimiz lozim. Buning uchun esa U zotni yaxshi tanishimiz, hayotlarini bilishimiz, eng muhimi, sunnatlarini hayotga tatbiq etishimiz darkor. Onlayn siyrat tarannumi tadbiri mana shu ezgu ishga oz bo'lsada hissa qo'shadi, degan umiddamiz.
Quyidagi ijtimoiy tarmoqlarimiz orqali onlayn siyrat suhbatlari, go'zal qiroatlar va ajoyib nashidalarni to'g'ridan-to'g'ri kuzating va bevosita ishtirokchisiga aylaning!
Youtube: MuslimTV (https://www.youtube.com/channel/UCLbdL0ibb4zqlqe7LRNOSNQ?view_as=subscriber)
Facebook: MuslimUz (https://www.facebook.com/muslimuzportal)
?Mavzu yuzasidan savol va fikr-mulohazalaringizni @OnlineSiyratBot orqali jo'nating.
#SIYRAT
#Qalbimiz_va_hayotimiz_Siz_ila_yo_Rasulalloh!
O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
@muslimuzportal | @mp3muslim | @diniysavollar
Sufyon Savriy rahimahulloh aytadilar: "Birgina gunohim uchun besh oy tahajjuddan mahrum bo‘ldim". “U qaysi gunoh edi?” deb so‘rashdi. "Yig‘lab duo qilayotgan kishini ko‘rib, ichimda: "Bu kishi riyo qilyapti", degandim…".
Imom Makhul rahmatullohi alayhi: "Bir kishini namozda ruku’ va sajda qilib, yig‘layotganini ko‘rdim va ichimda "u riyo qilyapti!" deb unga tuhmat qildim va o‘zim bir yil yig‘lashdan mahrum bo‘ldim".