Gollandiyaning We Love Uzbekistan sayyohlik kompaniyasining Facebook sahifasida Yevropaning mashhur madaniyat arbobi Burhoniddin Charlaq O'zbekistonga safari yakunlari bo'yicha fikr-mulohazasini qoldirdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" axborot agentligi.
B.Charlaq 17-24 sentyabr' kunlari O'zbekistonga tashrif buyurgan Niderlandiya fan, madaniyat va san'at vakillaridan iborat guruhga rahbarlik qildi. Safar davomida tur guruh a'zolari Toshkent, Samarqand, Buxoro va Hivaga tashrif buyurishdi. Mehmonlarning mamlakat poytaxtida bo'lish chog'ida B.Charlaqning golland tilida yozgan "O'zbekiston – Ipak yo'lining durdonasi" kitobining taqdimoti bo'lib o'tdi.
Bundan tashqari, O'zbekiston badiiy akademiyasi ko'rgazmalar zalida taniqli rassom, guruh a'zosi Yusuf Akkayaning "ebru" (suv ustida rasm chizish) san'ati yordamida yaratgan asarlarini taqdim etgan rasmlari ko'rgazmasi tashkil etildi.
Aytish kerakki, gollandiyalik sayyohlar O'zbekistondan yorqin taassurotlar bilan qaytishdi.
"Men bir necha yil oldin Gollandiya davlat televideniyesi uchun hujjatli film suratga olishda ishtirok etganimda O'zbekistonda bo'lganman", deb yozadi B. Charlaq. – "Biroq, mamlakat qisqa vaqt ichida, ayniqsa, xavfsizlik, tozalik va infratuzilma nuqtai nazaridan tubdan o'zgarishi mumkinligini kutmagan edim".
O'zbekistonlik sheriklariga, shuningdek, Respublika turizm va sport vazirligi vakillariga minnatdorlik bildirgan B.Charlaq Yusuf Akkayaning O'zbekistonda "ebru" rasmlari ko'rgazmasini o'tkazganidan nihoyatda xursand ekanligini mamnuniyat bilan qayd etadi, chunki bu ajoyib san'at shu erda paydo bo'lgan.
"Biz san'at, madaniyat, turizm, savdo va ommaviy axborot vositalari sohalaridagi hamkorlikni qo'llab-quvvatlash uchun ancha faol harakat qilamiz", - deb yozadi gollandiyalik madaniyat arbobi. - O'zbekistonga ilk bor tashrif buyurgan guruhimiz a'zolari safardan juda mamnun bo'lib, albatta, qayta-qayta kelishlarini aytishdi".
B. Charlaq, shuningdek, Benilyuks mamlakatlarida O'zbekistonning tarixiy va madaniy merosini targ'ib qilish bo'yicha bir qator loyihalarni boshlash niyatida.
"O'zbekistonning muhtasham go'zalliklarini Gollandiya va bel'giyaliklarga, xususan, fotoko'rgazmalar tashkil etish orqali taqdim etmoqchimiz. Bundan tashqari, guruhimizning bir qator a'zolari ikki tomonlama hamkorlikning turli jihatlari bo'yicha kitoblar yaratishga kirishgan. Hususan, dinlararo bag'rikenglik va ma'rifatli islom tushunchasi va mamlakatning jahon ilm-faniga qo'shgan hissasini imkon qadar faol targ'ib qilish lozim, deb hisoblaymiz", - deb ta'kidlaydi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Alloh taolo aytadi: "Lekin Alloh ularning otlanishlarini yoqtirmay, tutib qoldi", (Tavba surasi, 46-oyat).
Alloh sizni din ishlariga xizmatchi qilib olgan bo‘lsa, demak, qalbingizga qarab, rozi bo‘libdi. Oddiy bir inson o‘z ishlarida uquvsiz kimsalarni ishlatgisi kelmaydi-ku, Alloh ishlatadi deysizmi?
Allohning yo‘lidan uzoq bo‘lgan odam borki, albatta, Alloh uning ichidan boxabarligi uchun rozi bo‘lmagan. Mashhur odamlarga havas qilmang. Ular arzimagan ishlar bilan mashg‘ullar. Alloh ularni yaxshi ko‘rganida, o‘ziga xodim qilib olgan bo‘lardi.
Zarracha savob ish qilmagan milliarderlarga havas bilan qaramang. Alloh ularni yaxshi ko‘rganida, ulardan yuz o‘girmagan bo‘lardi.
"Rasailu minal Qur’an" asaridan