Sayt test holatida ishlamoqda!
15 Iyul, 2025   |   20 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:22
Quyosh
05:03
Peshin
12:34
Asr
17:40
Shom
19:59
Xufton
21:32
Bismillah
15 Iyul, 2025, 20 Muharram, 1447

Dinda savolim bor: Ona yoki otaning qarg'ishi o'tadi (uradi), degan gaplar to'g'rimi?

18.10.2021   2110   1 min.
Dinda savolim bor: Ona yoki otaning qarg'ishi o'tadi (uradi), degan gaplar to'g'rimi?

– Ona yoki ota qarg'ishi o'tadi (uradi), degan gaplar bor. Dinimizda bu haqda nima deyilgan?

– Ota-onaning dilini og'ritmaslik, ularga oq bo'lmaslik, ularning qarg'ishini olmaslik kerak. Aks holda farzandning dunyo va oxirati kuyib ketadi. Shuning uchun doim ularning dillarini shod qilishga, xizmatlarida kamarbasta bo'lishga, duolarini olishga harakat qilish shartdir. Bordi-yu, ulardan birini ranjitgan bo'lsa, tezda ularni xushnud qilishi, roziligini olishi shart. Vafot topgan bo'lishsa, haqlarida to'xtovsiz savob ishlarni qilib borishi lozim.

 

Muhammad Ayyub HOMIDOV

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Imom Abu Hanifa ko‘rishgan sahobalar

14.07.2025   1194   1 min.
Imom Abu Hanifa ko‘rishgan sahobalar

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Haqiqatda, imom Abu Hanifa Rasuli Mustafoga ergashgan sahobalaridan ba’zilarini ko‘rgan, uning ko‘rgani sahihdir va bu guruhning soni yetti nafardir va shu sabab sharafdir. 
Anas, Jobir, Ma’qal ibn Yasor shuningdek, Vosila ibn Asqo’ – vafo egasi. Shuningdek, Abdulloh ibn Unays, u ibn Jaz’i deb  ham tanilgan. Oisha bilan yakunlayman, udir binti Ajrad. Ular asrlarning eng yaxshisidan, poklik egalaridan edilar

Sharq muftiysi, Burhonuddin Ibrohim ibn Hasan Mulla Ahsoiy yozgan.

Izoh: Imom Abu Hanifa rahmatullohi alayh tobeinlardan hisoblanadilar. U zot: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning as’hoblaridan yettitalari bilan ko‘rishdim. Ular: Anas ibn Molik, Abdulloh ibn Jaz’i Zubaydiy. Jobir ibn Abdulloh, Ma’qal ibn Yasor, Vosila ibn Asqo’, Oisha binti Umar va Abdulloh ibn Unaysdir”, deganlar.